Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hisob-kitob

Har oylik to’lov:
... sum
Talabnoma yuborish

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitoblar taxminiy. Kredit bo’yicha yanada batafsil ma’lumot bank bo’limida taqdim etiladi.
Iste'mol kreditining to’liq qiymati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hisoblanadi va quyidagilarni o'z ichiga oladi (KTQ hisob-kitobiga quyidagi to'lovlarning barcha yoki alohida turlari kiritilishi mumkin):
Asosiy qarz va foizlar bo'yicha to'lovlar;
Kreditni to’lamaslik xavfini sug'urtalash bo'yicha to'lovlar;
Garov sug'urtasi uchun to'lovlar;
Byudjet tashkilotlari foydasiga to'lovlar;
Kreditning to'liq qiymati (KTQ) saytda % da aks ettirilishi kerak.

Uz Auto bilan qo'shma aksiya doirasida O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni sotib olish uchun modulli onlayn avtokredit.

Kredit muddati: tanlangan avtomobilga qarab 40 oygacha

Taqdim etilayotgan kredit summasi, kredit oluvchining moliyaviy holati va ish haqqi hajmlariga bogliq.

Boshlang`ich to'lov hajmi avtomobil qiymatining miqdori bog`liq holda 20%dan boshlanadi

Onlayn arizani avto.kapitalbank.uz saytida to`ldirishingiz mumkin

Shuningdek, avto.kapitalbank.uz ushbu havolasida siz aksiyada mavjud avtomobillarning ro'yxati bilan tanishishingiz va tanlangan avtomobilingiz uchun oylik to'lovlarning shaxsiy hisobini kuzatishingiz mumkin.


POTENSIAL QARZDOR UCHUN TALABLAR:
  • O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lishi kerak
  • Kredit bo`yicha salbiy tarixi bo`lmagan
  • Daromadning yetarliligi - 70% dan ko'p bo'lmagan qarzdorlik. Daromadlari yetarli bo'lmagan taqdirda qo`chimcha qarz oluvchilarga ruxsat etiladi

Hujjatlar:

  • Pasport (asli, bank xodimi tomonidan olinadigan nusxasi)
  • Qarz oluvchining daromadlari to'g'risida ma'lumotnoma
  • Mulkni / xizmatlarni / ishlarni sotib olish bo`yicha maqsadli kreditlarda, tegishli shartnoma
  • Agar daromad miqdori kam bo'lsa, pasport va qarz oluvchining sherigining daromadlari to'g'risidagi ma'lumotnoma
  • Kreditni rasmiylashtirish davrida qo’shimcha xarajatlar vujudga keladimi?
    Garov ta'minoti sifatida mulk taqdim etgan holda kredit shartnomasini rasmiylashtirishdagi qo‘shimcha xarajatlar:
    • - Sug‘urta tashkiloti tariflariga muvofiq garov predmetini butun kredit muddatiga sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
    • - Kredit ta'minotini notarial rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar (avtotransport vositasi va/yoki ko‘chmas mulk garovga qo‘yilganda majburiy): garov shartnomasini tasdiqlash uchun davlat boji to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, hujjatlarni notarial tasdiqlash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek vakolatli organlarning tariflariga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar.

  • Qanday holatlarda garov shartnomasi notarial tasdiqlanadi?
    O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 04-oktyabrdagi O‘RQ-58-sonli “Ipoteka to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq “Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
  • Qancha miqdorda Davlat boji notarial garov shartnomasi tasdiqlash uchun to’lanadi?
    Garov shartnomasini notarius tomondan tasdiqlatish uchun davlat boji stavkasi – shartnoma summasining 0,1 foizi, ammo eng kam ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, shu jumladan mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan, foydalanish muddati sotib olingan sanadan boshlab 1 yildan oshmagan yengil avtotransport vositasini garovga qo‘yish rasmiylashtirilganda ham shu tariflar qo‘llaniladi.
  • Iste’mol kreditlarini naqt pul ko’rinishida olish mumkinmi?
    O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 06-maydagi O‘RQ-33-sonli “Iste'mol krediti to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq:
    - moliyaviy iste'mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech