Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
ATB “KAPITALBANK” KREDIT MAHSULOTLARIDAN FOYDALANISH ISTAGIDA BO‘LGAN JISMONIY SHAXSLAR UCHUN MA’LUMOT

2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarning qarz yukiga nisbatan yangi talablar kuchga kiradi!!!

Jismoniy shaxslarning kredit olish uchun qarz yuki darajasi boshqa mavjud kredit majburiyatlarini hisobga olgan holda 50 foizdan oshmasligi kerak.

Kredit olish uchun mijoz — jismoniy shaxs rasman tasdiqlangan daromadga ega bo'lishi kerak. Qarz oluvchilar/birga qarz oluvchilar/kafillarning daromadlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
a) ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi to'g'risidagi ma'lumotlar;
b) pensiya miqdori to'g'risidagi ma'lumotlar;
c) fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya badallari to'g'risidagi ma'lumotlar;
d) qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga olingan daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
e) to'langan soliqlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
f) foizlar ko'rinishidagi daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlar;

Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarning kredit olish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqishda ularning bank kartalari va boshqa daromad turlari bilan qilgan operatsiyalari hisobga olinishi mumkin.

Yuqoridagi daromadlar haqidagi ma'lumot kamida oxirgi olti oy bo’yicha bo’lishi kerak.

Agar siz rasmiy ravishda tasdiqlangan daromadga ega bo'lmagan o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxs bo’lsangiz, u holda bank krediti mahsulotlaridan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun oxirgi 6 oy davomida bank plastik kartalaringiz bo‘yicha mablag’lar aylanmansi bo‘lishi kerak.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech