Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hisob-kitob

Har oylik to’lov:
... sum
Talabnoma yuborish

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitoblar taxminiy. Kredit bo’yicha yanada batafsil ma’lumot bank bo’limida taqdim etiladi.

Kreditning maksimal summasi:

  • Toshkent shahrida:
    • 2 xonali xonadonlar uchun - 264 million so'mgacha;
    • 3 va undan ortiq xonali xonadonlar uchun 352 million so'mgacha.
  • Boshqa shaharlarda:
    • 2 xonali xonadonlar uchun - 240 million so'mgacha;
    • 3 va undan ortiq xonali xonadonlar uchun 320 mln. so'mgacha.

Qo'shimcha talablar:

  • ipoteka krediti olish uchun ariza berish vaqtida O'zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan fuqarosi;
  • Doimiy ish joyiga ega, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaliklari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan doimiy daromadlari, shuningdek, jadvalga muvofiq asosiy qarz va ipoteka krediti uchun qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan va hujjat bilan tasdiqlangan holda hisoblangan foizlarni to'lash uchun yetarli bo'lgan boshqa daromad manbalariga ega shaxslar;
  • daromadning yetarliligi. Shu bilan birga, o'rtacha oylik daromadingizning 70 foizi oylik kredit to'lovlarini to'lash uchun yetarli bo'lishi kerak;
  • Agar daromad yetarli bo'lmasa, Bank kreditni to'lashda qatnashishga birgalikdagi qarz oluvchini qabul qilishi mumkin.
  • mijoz xonadonning narxi va kredit summasi o'rtasidagi farqni to'lashi kerak. Bunday holda, avans to'lovi sotib olinayotgan xonadon qiymatining 20% idan kam bo'lmasligi kerak.
  • O'zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti
  • Xonadon sotib olish uchun shartnoma va kadastr hujjatlarining nusxasi - quruvchi tomonidan beriladi;
  • Kreditni rasmiylashtirish davrida qo’shimcha xarajatlar vujudga keladimi?
    Garov ta'minoti sifatida mulk taqdim etgan holda kredit shartnomasini rasmiylashtirishdagi qo‘shimcha xarajatlar:
    • - Sug‘urta tashkiloti tariflariga muvofiq garov predmetini butun kredit muddatiga sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlar;
    • - Kredit ta'minotini notarial rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar (avtotransport vositasi va/yoki ko‘chmas mulk garovga qo‘yilganda majburiy): garov shartnomasini tasdiqlash uchun davlat boji to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, hujjatlarni notarial tasdiqlash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek vakolatli organlarning tariflariga muvofiq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar.

  • Qanday holatlarda garov shartnomasi notarial tasdiqlanadi?
    O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 04-oktyabrdagi O‘RQ-58-sonli “Ipoteka to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq “Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
  • Qancha miqdorda Davlat boji notarial garov shartnomasi tasdiqlash uchun to’lanadi?
    Garov shartnomasini notarius tomondan tasdiqlatish uchun davlat boji stavkasi – shartnoma summasining 0,1 foizi, ammo eng kam ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, shu jumladan mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan, foydalanish muddati sotib olingan sanadan boshlab 1 yildan oshmagan yengil avtotransport vositasini garovga qo‘yish rasmiylashtirilganda ham shu tariflar qo‘llaniladi.
  • Iste’mol kreditlarini naqt pul ko’rinishida olish mumkinmi?
    O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 06-maydagi O‘RQ-33-sonli “Iste'mol krediti to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq:
    - moliyaviy iste'mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech