Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hozirgi vaqtda CONTACT to‘lov tizimi Rossiya va yaqin xorij mamlakatlarining to‘lov-o‘tkazmalar bozori yetakchilaridan biri hisoblanadi. Rossiya va dunyodagi 900 dan ortiq moliya institutlari CONTACT to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilib, keng tarqalgan xizmat ko‘rsatish punktlarini tashkil qiladilar - jami 400 000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlari, shu jumladan dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlarida joylashgan to‘lov terminallari. CONTACT tizimi 2000 dan ortiq yuridik shaxslar - tijorat banklari, savdo tashkilotlari, sug‘urta va sayyohlik kompaniyalari va ularning agentlari, intenet-provayderlar, aloqa operatorlari va boshqalar nomiga to‘lovlar o‘tkazadi. Har yili Tizim xizmatlaridan butun dunyo bo‘ylab millionlab mijozlar foydalanadi. CONTACT tizimi “Iste'molchilar huquqlari va xizmat ko‘rsatish sifati-2014” mukofoti laureati hisoblanadi, shuningdek 2011, 2012, 2013 yillarda “Rossiyada 1-sonli marka” umumrossiya tanlovining “Pul o‘tkazmalari” kategoriyasida g‘olib deb topilgan.


CONTACT pul o’tkazmalari (AQSH dollarida)

 

Bank xizmati / xizmat ko’rsatish shartlari

Bank operatsiyalarini amalga oshirganlik
uchun mijozdan undiriladigan Bank
komission to’lovlari stavkasi

Izoh

a)

"Contact” tizimi orqali MDH DAVLATLARIGA pul mablag’larini yuborish3

“Contact ” tizimi orqali BOSHQA DAVLATLARGA pul mablag’larini yuborish4

O’tkazma summasidan 1 %

O’tkazma summasidan 3 %


b)

“Contact” tizimi orqali qabul qilingan pul mablag'larini berish

Komissiya undirilmaydi


3MDH mamlakatlariga quyidagilar kiradi: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Ukraina

4Boshqa mamlakatlarga quyidagilar kiradi: MDH mamlakatlari ro'yxatida ko'rsatilgan mamlakatlar va O'zbekiston Respublikasidan tashqari barcha mamlakatlar


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech