Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yunistrim – jismoniy shaxslar hisob raqamini ochmagan holda zudlik bilan pul oʻtkazmalarini amalga oshirish tizimidir. Izchil rivojlanib borayotgan YUNISTRIM xalqaro pul joʻnatmalari tizimi 2001 yildan buyon aloqaning eng zamonaviy vositalaridan foydalangan holda jismoniy shaxslarning pul joʻnatmalarini amalga oshirish bilan shugʻullanib kelmoqda. YUNISTRIM har yili millionlab pul joʻnatmalarini amalga oshiradi va eng yirik xalqaro bozor qatnashchilaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda YUNISTRIM mijozlari pul mablagʻlarini jahon boʻyicha 280 000 ta xizmat koʻrsatish shoxobchalaridan birida oʻtkazishi mumkin. YUNISTRIM vakolatxonalari Rossiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va Kiprda faoliyat yuritadi. YUNISTRIM hamkorlari soni jahon boʻyicha 400 ta moliyaviy tashkilotlardan ortiq. YUNISTRIM mijozlari haqida gʻamxoʻrlik qiladi va ularga nafaqat anʼanaviy, balki eng zamonaviy bank mahsulotlarini, shu jumladan, har qanday xalqaro bank kartasiga pul jo’natmalarini taklif etadi.

Pul jo’natmasini jo’natish

Pul joʻnatmasini joʻnatish uchun joʻnatuvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek joʻnatmani qabul qilib oluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qilayotgan davlati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va zarur hollarda (roʻyxati “Yunistrim” tizimi dasturi tomonidan belgilanadigan) boshqa rekvizitlarni taqdim etishi lozim.

YUNISTRIM tizimi boʻyicha pul joʻnatmasi joʻnatuvchisi joʻnatmani qabul qilib oluvchining quyidagi har qanday xalqaro bank kartasiga naqd pul kiritishi mumkin:

  • Rossiya Federatsiyasi banklari tomonidan chiqarilgan VISA, MasterCard, MIR (shu jumladan, Maestro) va Tinkoff to’lov tizimlari bank kartalari;
  • Xitoy banklari tomonidan chiqarilgan China UnionPay to’lov tizimi bank kartalari, AQSh dollari va Xitoy yuanida;
  • xorijiy banklarning VISA, MasterCard to’lov tizimi bank kartalari.

Jo’natma valyutasi O’zbekiston so’mi va AQSh dollari tashkil etadi.

Pul mablagʻlarini joʻnatuvchi pul mablagʻlarini kassaga naqd pul kiritish yoʻli orqali taqdim etadi.

Jo’natmani qabul qilish

Pul joʻnatmasini qabul qilib olish uchun qabul qilib oluvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hamda pul joʻnatmasi joʻnatilayotganda joʻnatmaga beriladigan nazorat raqamini taqdim etishi, jo’natma summasi va valyutasini ko’rsatishi lozim. Nazorat raqamini joʻnatuvchi qabul qilib oluvchiga maxfiy tarzda eʼlon qiladi.
Pul joʻnatmasi boʻyicha pul mablagʻlarini olish bank kassasidan naqd pul toʻlanishi yoʻli orqali amalga oshiriladi. Jo’natmani O’zbekiston so’mi va AQSh dollari olish mumkin.
Qabul qilib oluvchi tomonidan talab etilmagan pul joʻnatmasi joʻnatuvchi u toʻldirgan hamda joʻnatgan joʻnatmani qaytarish toʻgʻrisidagi arizasi asosida qaytarilishi mumkin.
Bekor qilingan joʻnatma boʻyicha mablagʻlarni joʻnatuvchiga toʻlash Yunistrim tizimida qabul qilib oluvchining davlati va / yoki bankidan kelib chiqqan holda joʻnatmani bekor qilish toʻgʻrisida rasmiy talab yuborilgan vaqtdan boshlab bir necha soatdan bir necha kungacha boʻlgan muddatda kelib tushishi mumkin boʻlgan joʻnatma qaytarilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Joʻnatmani amalga oshirish muddati qabul qilib oluvchi banki va istiqomat qilayotgan davlatiga bogʻliq.
Joʻnatilgan pul joʻnatmasining holatini har qanday vaqtda Yunistrim tizimining rasmiy saytida tekshirish mumkin.

YUNISTRIM pul joʻnatmalari tizimi afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • Oddiylik – joʻnatmani rasmiylashtirish uchun hisob raqamini ochish talab etilmaydi;
  • Qulaylik – joʻnatmani joʻnatish va qabul qilib olish uchun faqat pasport va ayrim maʼlumotlar kerak boʻladi;
  • Tezlik – joʻnatmani yetkazib berish vaqti 10 daqiqadan boshlanadi;
  • Xavfsizlik – joʻnatma eng yuqori xavfsizlik tizimi bilan himoyalangan boʻlib, bu bilan pul mablagʻlari faqat koʻrsatilgan joʻnatma qabul qilib oluvchisiga toʻlanishi kafolatlanadi;
  • Past qiymat – joʻnatmani joʻnatish tarifi kiritilgan pul mablagʻlari summasining 0 foizini tashkil etadi;
  • Bepul toʻlov – qabul qilib oluvchi joʻnatmani qabul qilib olishda hech qanday xarajatlarni amalga oshirmaydi.


Barcha tariflarga o'ting
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech