Oltin sotib olish pul mablag'laringizni inflyatsiya, devalvatsiya va xarid qobiliyatini yo'qotishdan himoya qilishga yordam beradigan barqaror investitsiya variantidir. Biz sizga oltin buyumlarni qanday va qayerdan sotib olishingiz mumkinligini aytib beramiz.
"Kapitalbank" ATB 5 g dan 50 g gacha og'irlikdagi oltin quymalarini sotib olish imkonini beradi
999,9 probali sof oltindan tayyorlangan quymalar sotuvga 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikda maxsus himoya qadoqlarida taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadoqlari sertifikat bo'lib xizmat qiladi va o'z seriya raqamiga ega.
Oltin quymalarining kunlik narxi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi
Kun davomida oltin quymalarining sotilish narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqqan holda Markaziy bank tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oltin quymalarini sotish va qayta sotib olish narxlari oltinning jahon bahosi hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki diskont asosida shakllantiriladi va O‘zR Markaziy banki tomonidan har kuni yangilanib turadi.
Oltin quymalarining narxi bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki saytida tanishish mumkin
Oltin buyumlarni Kapitalbankning quyidagi bo'linmalaridan xarid qiling:
- Markaziy operatsion boʻlim, manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi 7. (Moʻljal - Brodvey)
- Operatsion boshqarma, manzil: Toshkent shahar, Matbuotchilar ko'chasi 32. (Moʻljal - "Poytaxt" savdo markazi)
- Yashnaobod filiali, manzil: Toshkent shahar, Maxtumquli ko‘chasi 1
- Toshkent shahar filiali manzil: Toshkent shahri, Nukus ko’chasi 86А
- Yagona filiali Kapital Premium Bank Xizmatlari ofisi, manzil: Toshkent sh, Mirzo-Ulug'bek tumani, Lashkarbegi ko'chasi (Qory Niyoziy, 11, Akay City)
- Mirzo Ulug`bek filiali manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek shoh ko'chasi, 52B
- Chorsu filiali manzil: Toshkent shahri, Samarqand Darvoza ko’chasi 13
- Namangan filiali manzil: Namangan shahri, N. Namangoniy ko’chasi 27
- Farg`ona filiali manzil: Farg’ona shahri, B. Marg’iloniy ko’chasi 103
- Qo’qon filiali manzil: Qo’qon shahri, Sarboz ko’chasi 49А
- Samarqand filiali manzil: Samarqand shahri, Nodirabegim ko’chasi 8
- Namangan filiali manzil: Namangan shahri, N. Namangoniy ko’chasi 27
- Termiz filiali manzil: Termez shahri, Navoiy ko’chasi 28
- Buxoro filiali manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Abu Ali Ibn Sino MFY, Ibn Sino ko'chasi, 51- uy
- Urganch Bank xizmatlari markazi Urganch sh., Al-Xorazmiy ko’chasi, 53
Oltin buyumlarni sotib olish tartibiga qo'yiladigan talablar:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz mahsulot xarid qilish mumkin emas;
- Bitim faqat oflayn rejimda amalga oshirilishi mumkin, masofadan sotish mumkin emas;
Oltin quyma va tangalarni xarid qilish haqida batafsil ma'lumotni 1340 telefon raqami orqali aloqa markazi operatorlaridan olishingiz mumkin.