Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
To’lov tizimi: Uzcard
Valyuta: O'zbekiston so‘m
Karta turi: Depozit kartasi
Kartani amal qilish muddati: 5 yil
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: 0%
Kartaga xizmat ko’rsatish: Bepul

“Kapitalbank” OATB plastik kartochkalari – bu zamonaviylik va qulaylik timsoli!

Bankning plastik kartochkalarini xarid qilgan mijozlarga Bank yuksak darajada xizmat ko‘rsatilishi va qulaylikni kafolatlaydi.

“Kapitalbank” OATB plastik kartochkalari bilan birgalikda quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:

  • hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlash xavfsizligi;
  • hisob-kitob qilayotganda naqd pulni sanashga ketadigan vaqt tejalishi;
  • yoningizda pachkalab naqd pul olib yurish zarurati yo‘qolishi;
  • hisob-kitoblar aniqligi.

Plastik kartochkalar yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • savdo terminallari o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash;
  • banklar kassasi va bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari olish (faqat jismoniy shaxslar kartochkalari bo‘yicha);
  • kartochkadagi pul mablag‘larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazish, masalan farzandlaringizning institutda tahsil olishi uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
  • pul mablag‘larini kartochkaga o‘tkazish. Masalan, oylik ish haqi, dividendlar yoki gonorarni tushirish;
  • kartochka hisobiga naqd pul mablag‘larini kiritish;
  • quyidagi kommunal xizmatlari haqini to‘lash.

UZCARD EMV standart kartalari

 

Bank xizmati / xizmat koʻrsatish shartlari

Bank bilan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun mijozdan olinadigan Banknig vositachilik haqi stavkasi

Izoh

a)

Asosiy yoki qo’shimcha kartani chiqarish

30 000 soʻm

Mustasno tariqasida:
1. muddatli omonatni rasmiylashtirish kartani chiqarish;
2. jismoniy shaxslarga iste'mol / ipoteka / avtokreditlarni rasmiylashtirish holatlari

b)

Kartani u yo’qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda bloklash

Vositachilik haqi undirilmaydi

 

v)

Yo’qolgan yohud yaroqsiz holga keltirilgan asosiy yoki qo’shimcha kartani qayta chiqarish

30 000 soʻm

Mijozga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra kartaning ishdan chiqishi holatlari bundan mustasno

g)

Kartaning amal qilish muddati

5 yil

 

d)

Karta hisob raqamini to’ldirish:

Vositachilik haqi undirilmaydi

 

e)

“Kapitalbank” ATB kassasida naqd pul mablagʻlarini berish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

Vositachilik haqi undirilmaydi

 

j)

“Kapitalbank” ATB terminal tarmogʻida tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

Vositachilik haqi undirilmaydi

 

z)

Boshqa bank kassasida yoki boshqa bank bankomati orqali karta hisob raqamidan naqd pul mablagʻlarini berish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

Xizmat ko’rsatuvchi bank stavkalari bo’yicha

 

i)

Boshqa banklar terminal tarmogʻida tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash

Xizmat ko’rsatuvchi bank stavkalari bo’yicha

 

k)

Karta saqlovchisi topshirigʻiga koʻra karta hisob raqamidan mablagʻlarni naqd pulsiz koʻrinishda oʻtkazish

Vositachilik haqi undirilmaydi

 

l)

Kartaning amal qilish muddati tugaganida kartani qayta chiqarish

Vositachilik haqi undirilmaydi

 

Barcha tariflar ro'yxati

“UZCARD EMV” KARTASINING EGASI UCHUN UNI TЕRMINALLARDA QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA


TЕRMINALDA MIJOZ KARTASI BILAN OPЕRATSIYALAR.

Kartani terminalning rideriga oʻrnatganda “EMV OPЕRATSILARI” menyusi ochiladi va terminalning displeyida operatsiyalarning quyidagi roʻyxati aks etadi:

  1. Toʻlov
  2. Balansni tekshirish.
  3. Kartaning tarixi.
  4. PIN kodni oʻrnatish.
  5. PIN kodni almashtirish.


1. Toʻlov

Toʻlov (hisobdan xaridni toʻlash) – bu mijozning hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri xaridni toʻlashga imkoni beradigan on-layn operatsiya. «Toʻlov» operatsiyasini oʻtkazish uchun:

  1. Kartani terminalning rideriga oʻrnatish.
  2. “▼” va “▲” tugmachalari yordamida menyuning «1. Toʻlov» bandini tanlash.
  3. «Enter» yashil klavishasini bosish.
  4. “Summani kiriting” oynasiga toʻlov summasini kiriting va keyin «Enter» yashil klavishasini bosing.
  5. Agar terminalda aksizlar oʻrnatilgan boʻlsa, unda summani kiritganingizdan keyin terminal displeyida Sizga «Aksiz yoki toʻlovni tanlash?». taklif etladi. Agar bitta aksiz yoki toʻlov oʻrnatilgan boʻlsa, unda «Enter» yashil klavishasini bosganingizda mavjud aksiz yoki toʻlov orqali toʻlov oʻtkaziladi, «Cancel» qizil klavishasini bosganingizda esa toʻlov aksiz yoki toʻlovsiz oʻtkaziladi.
    Agar terminalda toʻlov ikki va undan ortiq aksizli tovar uchun belgilangan boʻlsa, unda «Enter» klavishasi bosilganda aksizli tovarlarni tanlash menyusiga oʻtish yuzaga keladi. “▼” va “▲” tugmachalari yordamida zarur tovar tanlab olinadi.
  6. 7. Keyin operatsiyani bajarish uchun PIN-kodni kiritish zarur. Operatsiyani bajarish natijalari boʻyicha terminal ekranida operatsiyaning bajarilgani yoki yuzaga kelgan xato toʻgʻrisidagi xabar paydo boʻladi.
  7. 8. Operatsiyaning natijalari boʻyicha bitta (operatsiya rad qilinganida) yoki ikkita chek (operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganida) chop etiladi. Operatsiyani oʻtkazish rad qilinganda chekda «RAD QILINDI», xabari, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganida esa «MAʼQULLANDI» xabari chop etiladi. Ham sotuvchi, ham karta egasi oʻz cheklarini saqlashlari zarur.

2. Balansni tekshirish

Balansni tekshirish - bu Karta egasining karta hisobi balansini koʻrish uchun foydalaniladigan on-layn operatsiya. «Balansni tekshirish»operatsiyasini oʻtkazish uchun:

  1. Kartani terminalning rideriga oʻrnatish.
  2. “▼” va «▲” tugmachalari yordamida menyuning «2. Balansni tekshirish» bandini tanlash.
  3. «Enter», yashil klavishasini bosish, keyin PIN kodni kiritish. Shundan keyin terminal protsessing markazi bilan ulanishni oʻrnatadi va operatsiya natijasi boʻyicha chekni chop etib beradi. Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganida chekda Kartaning karta hisobi balansi va «MAʼQULLANDI» xabari chop etiladi. Rad etilganida - chekda «RAD QILINDI» xabari chop etiladi.

3. Kartaning tarixi

Kartaning tarixi - bu oxirgi 8 kun ichidagi Karta egasining karta hisobi boʻyicha operatsiyalarini koʻrish uchun foydalaniladigan off-layn operatsiya. «Kartaning tarixi» operatsiysiani oʻtkazish uchun:

  1. Kartani terminalning rideriga oʻrnatish.
  2. “▼” va «▲” tugmachalari yordamida menyuning «3. Kartaning tarixi» bandini tanlash.
  3. «Enter» yashil klavishasini bosish, keyin PIN kodni kiritish. Shundan keyin terminal oxirgi 8 kun ichida amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha chekni chop etib beradi.

4.PIN kodni oʻrnatish

PIN kodni oʻrnatish - bu qandaydir sabablarga koʻra Karta egasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin boʻlmaganda, masalan Karta egasi tomonidan PIN kod unutilganida, amaldagi oʻrniga Kartaning yangi PIN kodini oʻrnatish uchun foydalaniladigan on-layn operatsiya. Karta egasiga «PIN kodni oʻrnatish» operatsiyani oʻtkazish uchun:

  1. Call markazga qoʻngʻiroq qilish, avval protsessing markazida Karta egasi uchun oʻrnatilgan “Kodli soʻz”, va oʻz pasport maʼlumotlarini aytish.
  2. Agar “Kodli soʻz” toʻgʻri aytilgan boʻlsa va pasport maʼlumotlari mos tushsa, u holda Call markaz operatori protsessing tizimidagi Kartaning PIN kodini hisobdan chiqarilishini bajaradi.
  3. Kartani terminalning rideriga oʻrnatish.
  4. “▼” va «▲” tugmachalari yordamida menyuning «4. PIN kodni oʻrnatish» bandini tanlash.
  5. «Enter» yashil klavishasini bosish, keyin tasdiqlash bilan yangi PIN kodni kiritish. Operatsiya natijasi boʻyicha terminal chekni chop etib beradi. Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganda chekda «MAʼQULLANDI» xabari chop etiladi. Operatsiyani oʻtkazish rad qilinganda chekda «RAD QILINDI» xabari chop etiladi.

5. PIN kodni almashtirish

PIN kodni almashtirish – bu Kartaning amaldagi PIN kodini yangisiga almashtirish uchun foydlaniladigan on-layn operatsiya. «PIN kodni almashtirish» operatsiyasini oʻtkazish uchun:

  1. Kartani terminalning rideriga oʻrnatish.

  2. “▼” va «▲” tugmachalari yordamida menyuning «5. PIN kodni almashtirish» bandini tanlash.

  3. «Enter»” yashil klavishasini bosish, eski PIN kodni kiritish, keyin tasdiqlash bilan yangi PIN kodni kiritish. Operatsiya natijasi boʻyicha terminal chekni chop etib beradi. Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtkazilganda chekda «MAʼQULLANDI» xabari chop etiladi. Operatsiyani oʻtkazish rad qilinganda chekda «RAD QILINDI» xabari chop etiladi.

  • Ariza
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  • Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • Uzcard kartalarini ochish - 17:00 gacha;
  • Uzcard kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
  • Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech