Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
прил узб_Монтажная область 1.jpg

Kapitalbank mobil ilovasi

Kapitalbankning yangi mobil ilovasi – “Kapitalbank” ATB tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, bank mijozlari – jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan. Ushbu ilova yordamida bank xizmatlarini qulay, tez va xavfsiz usulda qabul qilish va o’z pul mablag’laringizni nazorat qilishingiz mumkin.

Ilovada ro'yxatdan o'tish faqatgina bir daqiqadan ko'proq bo’lmagan vaqtni oladi!

Kapitalbankning mashhur servislar xizmati quyidagilar:

  • Valyuta ayirboshlash
  • Dunyo bo’ylab o’tkazmalar
  • Bankda qayd etish
  • Mening uyim
  • Kartaga buyurtma berish

“Valyuta ayirboshlash” bo‘limida siz hisob raqamingiz va kartalar orasida “Kapitalbank”ning operatsiya amalga oshirilgan vaqtdagi amaldagi kursi bo‘yicha valyuta ayirboshlashingiz mumkin.

"O'tkazmalar" bo'limida so'm, valyuta, shuningdek butun dunyo bo'ylab - Visa Direct, Mastercard MoneySend o'tkazmalar mavjud. Shuningdek, Kapitalbank kartalari orqali boshqa mamlakatlar kartalariga xalqaro pul oʻtkazmalari xizmati ham mavjud. Tez orada SWIFT Western Union, Contact, Unistream va MoneyGram pul o'tkazmalari ham paydo bo'ladi.

“Bankka yozilish” xizmati yordamida “Kapitalbank”ning istalgan filiallariga o‘zingizga qulay bo’lgan vaqtda qabulga yozilishingiz mumkin. Ilovadan o'zingizga kerak bo'lgan bank xizmati, bankka tashrif buyurishning aniq vaqtini tanlang va hech qanday navbatlar bo'lmaydi!

"Mening uyim" bo'limida eng ommabop to'lov turlari to’plangan: kredit to'lovlari, kommunal va davlat xizmatlari, Internet-provayderlar, uyali aloqa operatorlari va boshqalar. Muntazam to’lanadigan to'lovlarni sozlang va ular avtomatlashgan tarzda sizning kartangizdan yechib olinadi.

“Kartaga buyurtma berish” bo‘limida bank mijozlari Visa (Gold, Platinum, Infinite) kartasini qisqa muddatlarda olishlari va undan xaridlar va naqd pulni yechib olish uchun onlayn va oflayn to‘lovlar uchun foydalanishni boshlashlari mumkin. Xizmat turi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona shaharlarida mavjud. Shaharlar ro'yxati asta-sekin kengayib bormoqda

Bankning barcha mahsulotlari - "Kartalar", "Hisoblar", "Depozit - omonatlar" va "Kreditlar" asosiy ekranning yuqori qismiga o'rnatilgan. Ilova bo’yicha harakatlanish uchun to'rtta tugmacha ko’zda tutilgan: asosiy sahifadan "O'tkazmalar", "To'lovlar" yoki "Tarix" bo'limiga o'tish mumkin.

Kapitalbank ilovasida naqd pulsiz pul o'tkazishning bir necha usullari mavjud:

VISA Direct – VISA kartalari o'rtasidagi xalqaro pul o'tkazmalari. Bir lahzalik o‘tkazma xizmatidan foydalanish uchun oluvchining karta raqami va summani kiriting.

SWIFT oʻtkazmalari “Xizmatlar” boʻlimidagi “Bir martalik tranzaksiyalarga buyurtmalar” xizmati yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Kartadan kartaga pul yuborish uchun “O’tkazmalar” ilovasiga o’ting, so’ngra kerakli kartani tanlang, summani ko’rsating va oluvchining karta raqamini kiriting, uni skanerdan o’tkazing voki NFC texnologiyasidan foydalaning.

Bundan tashqari, Kapitalbankning mobil ilovasida siz quyidagi xizmat turlarini topishingiz mumkin:

  • Kartani hisoblash uchun tezda skanerlash
  • Eng yaqin yerda joylashgan bank filialini izlash
  • So’m va valyutali omonatlar (ochish, to’ldirish, qisman hisobdan chiqarish, yopish)
  • Omonatni onlayn-to’ldirish va qisman hisobdan chiqarish
  • Kross-konversiya
  • Har qanday karta va hisob raqamlari bo’yicha to’lovlar monitoringi
  • Plastik kartalarni mustaqil blokirovka qilish

Va nihoyat…

Kapitalbankning ishlanmalar bo’yicha jamoasi doimiy ravishda mobil ilovani takomillashtirib va yangilab boradi. Rejalar mijozlarga bankka imkon qadar yaqinroq bo‘lish imkonini beruvchi yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Hozircha esa, bizga sizning yordamingiz kerak: Kapitalbank mobil ilovasiga yana nimalar kiritish mumkinligini ayting va o'z fikr-mulohazalaringizni [email protected] elektron manziliga yuboring. Siz uchun ilovani yanada yaxshiroq va qulayroq qilish uchun fikr-mulohazalaringizni kutamiz.

Ilovani PlayMarket va Appstore’dan yuklab olish mumkin. O’sha yerda izohlar qoldirish mumkin. Android uchun shartlar - 6.0 versiyasidan past bo'lmagan versiya, iOS uchun - 13.0 dan past bo'lmagan versiya. Ilova bilan o‘zbek, rus va ingliz tillarida tanishish mumkin.

Bizning havolamizni bosish yoki QR kodni ishlatish orqali «Kapitalbank» dasturini yuklab oling.

Kapitalbank-uz.png

Qo'llab-quvvatlash xizmati: +998 71 200 15 15


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech