Hurmatli ATB “Kapitalbank” mijozlari!
Majburiy o’z-o’zini izolyatsiya qilish holatini inobatga olib, daromadning pasayishi sharoitida oilaviy daromadni taqsimlash qiyinligini tushungan holda, bank oldida kredit majburiyatlari bo’lgan, ammo hozirgi vaqtda barqaror daromad manbaisiz qolgan jismoniy shaxslarni qo’llab-quvvatlashga qaror qildik.
ATB “Kapitalbank” jismoniy shaxslar uchun 2020 yil 1 sentyabrgacha kreditning asosiy qarzi to’loviga kredit ta’tillari e’lon qiladi (2020 yil 15 martgacha rasmiylashtirilgan kreditlar uchun).
Kredit ta’tillari 1 aprel 2020 yil xolatiga muddati o’tgan qarzga ega bo’lmagan va garov ta’minoti va sug’urta polisiga murojaat qilish uchun muddati o’tgan majburiyatga ega bo’lmagan shaxslarga beriladi.
Kredit ta’tili davomida kreditning asosiy qarziga nisbatan har oy shartnomada belgilangan muddatda to'lanadigan foizlar xisoblanishi to’xtatilmaydi. Kredit ta’tili vaqtida qarzdorlar foizlarni to’lashdan ozod etilmaydi.
Agar siz ilgari tasdiqlangan jadvalga muvofiq kreditlarni to'lashni davom ettirishni istasangiz, bank bunga qarshilik qilmaydi. Pandemiya davrida qarz oluvchi hisoblangan foizdan ortiqcha to'lovlarni amalga oshirsa, kirim qilingan mablag'lar asosiy qarzni so’ndirish uchun sarflanadi va shu bilan shartnomada belgilangan muddat ichida kreditni (mikroqarz) qaytaradi.
Ushbu davr ichida foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagani uchun jarima va penyalar hisoblanmaydi. Shu bilan birga, kredit ta'tilidan foydalanishni istagan har bir kishi, 2020 yil 30 sentyabrgacha asosiy qarz bo'yicha to'lovlarni kechiktirish uchun ariza berishi va kredit shartnomaga kiritilgan o’zgartirishlar to’grisida tegishli xujjatlarni imzolashi lozim.
Agar Qarz oluvchi kredit ta'tillarini taqdim etish to'g'risidagi hujjatlarga imzo qo’ymasa yoki imzo qo’yishdan bosh tortsa, shartnomalarga asosiy qarz va foizlarni to'lashning amaldagi shartlari qo'llaniladi.