Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring

Array
(
    [SRC] => /upload/imager/e2440bb8cd0df14d325054bd0688d2a0.png
    [WIDTH] => 320
    [HEIGHT] => 415
)

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitob

Oylik to'lov :
... so'm
Kreditni to'lash haqida ma'lumot
Faqatgina quyidagi faoliyat turlari bo’yicha ro'yxatdan o'tgan o’zini o’zi band qilgan shaxslarga beriladi:
• Atlas va adras to’qish;
• Mayda munchoq (biser) tikish;
• Uy sharoitida do‘ppido’zlik mahsulotlarini tayyorlash;
• Quroqchilik usulida ko‘ylak, “ko’rpa va yopinchiqlar tikish;
• Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
• Dag‘al jundan gilam, ko‘rpa, yostiqlar tayyorlash;
• Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo’yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasi buyumlarini tikish;
• Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo’lda bo’yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qo'lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish);
• Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzallarni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash;
• Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta’mirlash, kashtachilik
• Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish

Maksimal miqdor (so’m)

Maksimal kredit muddati

Foiz stavkasi

Garov

17 000 000,00

24 oy

yillik 44%

Sugʻurta polisi


Qarz oluvchi uchun eslatma
Kim kredit olishi mumkin — O'zbekiston Respublikasi rezidentlari - jismoniy shaxslar

Yosh chegarasi - kredit olish uchun ariza topshirish paytida 20 yoshdan 65 yoshgacha.

Daromad qanday bo'lishi kerak?
Kreditning oylik to'lovi daromadning 60% dan oshmasligi kerak.

Kredit olish bo’yicha arizani ko'rib chiqish necha kun davom etadi?
Kredit arizasini ko'rib chiqish, kredit chiqarish yoki rad etish to'g'risidagi qaror 5 bank ish kuni ichida beriladi.

Kredit mahsulotini realizatsiya qilish tartibi
- Mikroqarz mazkur kredit mahsulotining shartlariga muvofiq belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan garovni bankka tegishli ravishda taqdim etilgandan keyingina beriladi;
- mikrokqarz kredit mablag‘larini qarz oluvchining ATB “Kapitalbank” da ochilgan kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan beriladi;

Olingan kredit qanday tartibda qaytariladi?
Kredit toʻlovi har oyda, 1 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan yoki imtiyozli davrsiz annuitet usuli boʻyicha amalga oshiriladi.

Muhim! Kredit olish uchun siz O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishingiz va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “O’zini o’zi band qilgan shaxs” sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz, so’nggi 6 (olti) oy davomida bank kartalariga tushgan uzluksiz tushumga ega bo‘lishingiz kerak.


Hozircha ma’lumot yo’q
Kredit olish bo’yicha ariza berish uchun quyidagilarni taqdim etish kerak*:
• O‘zbekiston Respublikasi Rezidentining pasporti;
• tasdiqlangan daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlar (zarurat bo’lganda);
• garov hujjatlari (agar garov taqdim etilsa).

* zarur bo'lganda, kredit bo'limi xodimi kredit arizasini ko'rib chiqish uchun qo'shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega

- Kredit olish uchun sizda salbiy kredit tarixi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari uchun qarzdorlik, qattiq maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to'lovlardan qarzingiz bo'lmasligi kerak, shuningdek Bankning kredit siyosati talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida mulkiy xarakterdagi ijro hujjatlari bo’yicha qarzlar bo’lmasligi kerak;
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech