Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xorijiy valyutadagi muddatli omonatlar

  • “Lyuks” muddatli omonati
  • Dastlabki badalning eng kam summasi – 500 AQSH dollari/Yevro;
  • Omonat muddati – 36 oy;
  • Omonat Bankka naqd yoki onlayn shakllarda kiritilishi mumkin;
  • Foiz stavkasi: - yillik 4%;
  • Foizlar har oyda omonat valyutasida naqd pul shaklida yoki «Apelsin» mobil ilovasi orqali ochilgan omonatchi hamyoniga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi;
  • Omonatni toʻldirish – koʻzda tutilgan. Bunda eng kam toʻldirish summasi – 500 AQSH dollari/Yevro;
  • Omonatning bir qismini olish – koʻzda tutilgan. Bunda omonatdagi eng kam qoldiq summa 1000 AQSH dollarini/Yevro tashkil etishi kerak;
  • Muddatidan oldin qaytarib olish – mumkin. Agar omonat muddatidan oldin talab qilib olinadigan boʻlsa, foizlar summasi pul mablagʻlarining omonatda turgan toʻliq oylari uchun toʻlanadi;
  • Omonatning asosiy summasi omonat valyutasida naqd pul shaklida yoki omonatchining «Apelsin» mobil ilovasi orqali ochilgan hamyoniga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.

Milliy valyutadagi muddatli omonatlar

  • “Barchasi 500 dan” muddatli omonati
  • Dastlabki badalning eng kam summasi – 500 000 soʻm;
  • Omonat muddati – 36 oy;
  • Omonat Bankka naqd yoki onlayn shakllarda kiritilishi mumkin;
  • Foiz stavkasi:
    • yiliga 18% – omonat muddatining 1 (birinchi) oyidan 12 (oʻn ikkinchi) oyigacha;
    • yiliga 17% – omonat muddatining 13 (oʻn uchinchi) oyidan 24 (yigirma toʻrtinchi) oyigacha;
    • yiliga 16% – 25 (yigirma beshinchi) oydan boshlab omonat muddati tugashigacha.
  • Foizlar har oyda omonat valyutasida naqd pul shaklida yoki «Apelsin» mobil ilovasi orqali ochilgan omonatchi hamyoniga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi;
  • Omonatni toʻldirish – koʻzda tutilgan. Bunda eng kam toʻldirish summasi – 500 000 soʻm;
  • Omonatning bir qismini olish – koʻzda tutilgan. Bunda omonatdagi qoldiqning eng kam summasi 500 000 soʻmni tashkil etishi kerak;
  • Muddatidan oldin qaytarib olish – mumkin. Agar omonat muddatidan oldin talab qilib olinadigan boʻlsa, foizlar summasi pul mablagʻlarining omonatda turgan toʻliq oylari uchun toʻlanadi;
  • Omonatning asosiy summasi omonat valyutasida naqd pul shaklida yoki omonatchining «Apelsin» mobil ilovasi orqali ochilgan hamyoniga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.

Omonatingiz «O’zbekiston Respublikasi banklarida fuqarolarning omonatlarini kafolatlash jamg`armasi» tarafidan kafolatlangan

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech