Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sizning omonatlaringiz kafolatlangan!

2025 yil 18 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, kafolatlangan omonat miqdori bir bankdagi har bir omonatchi uchun 200 million so‘mni tashkil etadi. Ushbu talab qonun kuchga kirgandan so’ng ochilgan yangi omonatlarga nisbatan qo'llaniladi. Qonun kuchga kirgunga qadar ochilgan omonat miqdoridan qat'iy nazar to’liq hajmda davlat tomonidan kafolatlanadi.

Kafolatlangan summa faqat bank faoliyati tugatilgan taqdirda qo’llaniladi, boshqa hollarda bank omonat shartnomalari bo'yicha o'z majburiyatlarini bajaradi. Omonatlarning qaytarilishi Bankning barcha mol-mulki bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 366 va 382-moddalariga muvofiq jismoniy shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zRdagi manbalardan olingan daromadlari, xususan, bank omonatlari bo‘yicha to‘langan foizlar 10% miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i shaklida soliqqa tortiladi. 

O'zbekiston Respublikasida omonatlarni kafolatlash tizimi haqida
Illustration

Omonat:

Omonat bo’yicha daromad:
... sum
Omonat bo’yicha stavka:
... %

Omonatingizni hisoblab chiqaring


Omonatlar bo‘yicha daromadni bankdagi onlayn kalkulyator yordamida hisoblang va turli shartlarga qarab qanday o‘zgarishini ko‘ring.

Diqqat!
Kalkulyator hisob-kitoblari faqat ma'lumot maqsadida ega bo‘lib, Bank bo‘limlaridagi hisob-kitoblardan farq qilishi mumkin.

Mobil ilovada omonat oching yoki ilovangizni fikr mulohaza formasida qoldiring:

  • «Kapital Ziynat» muddatli omonati
  • Omonat muddati: 25 oy;
  • Dastlabki badalning minimal summasi - 100 000 so'm;
  • Omonatni qo‘yish shakllari / foizlarni to‘lash tartibi:
    • "Kapitalbank" ATB ilovasiga biriktirilgan talab qilib olinguncha hisobvaraqdan yoki istalgan so‘m (UZS) bank kartasi hisobvarag‘idan onlayn shaklda.
    • oflayn shaklda "Kapitalbank" ATBda ochilgan talab qilib olinguncha hisob raqamidan yoki bank kartasi (Uzcard, HUMO, VISA UZS, MasterCard UZS) hisob raqamidan.
  • Foiz stavkasi – yillik 19% (omonatda bir bank kunidan ortiq bo‘lgan summaga hisoblanadi);
  • Foizlar har oyda omonat valyutasida "Kapitalbank" ATBda ochilgan talab qilib olinguncha hisobvarag‘iga/"Kapitalbank" ATBda ochilgan bank kartasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
  • Omonatni to‘ldirish – dastlabki 6 oy davomida nazarda tutilgan.
  • Qisman yechib olish – ruxsat etilmaydi.
  • Omonatni muddatidan oldin yopish – ruxsat etiladi. Avval to‘langan foizlar butun davr uchun yillik 14% stavkasi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinadi: to‘langan va hisoblangan foizlar o‘rtasidagi farq omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
    Agar omonat norezident tomonidan ochilgan bo‘lsa, omonat bo‘yicha O‘zR SK 366-moddasi va 82-moddasiga muvofiq norezident jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlab qolinadi.
Maʼlumot varaqasi
Hajmi: 89.49 КБ
Format: pdf

Kapitalbankdan omonatlar

Omonatlaringizni qaytarish kafolatlanadi

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi bank tizimining barqarorligini ta'minlaydi, shuningdek, aholi omonatlari qaytarilishi kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Saytga o'tish

"Banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuni

Mazkur Qonunda bank o‘z faoliyatini to‘xtatgan holatda omonatchilarga ularning mablag‘larшni qoplash tartibi aks ettirilgan. Omonatlar bo‘yicha mablag‘larni qaytarish kafolati individual tardbirkorlarning omonatlari uchun ham amal qiladi, deb ham ko‘rsatilgan

Batafsil

Mijozlariga bank siri saqlanishini

O‘zbekistonda bank siri “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Banklar mijozlar va ularning operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlashlari shart.

Batafsil

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech