Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

SWIFT

Jo'natuvchi tomonidan pul o'tkazmasini rasmiylashtirishda qabul qiluvchining rekvizitlari noto'g'ri ko’rsatilgan  bo'lsa, nima qilish kerak?
Yangilandi 13 Yanvar 2023 г. 13:54
Yuboruvchi bank “Kapitalbank” ATB protsessing markazi tomonidan ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish maqsadida o‘tkazma rekvizitlariga tuzatishlar kiritish uchun kerakli ma’lumotlarni yuborishi shart.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
Kapitalbank mobil ilovasida SWIFT pul o‘tkazmalari funksiyalarini qayta tiklash muddati
Yangilandi 13 Yanvar 2023 г. 13:54
Ayni paytda ushbu funktsiyani qayta tiklash muddatlari haqida aniq ma'lumot mavjud emas.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
Kiruvchi pul o'tkazmalari mablag'larini tasdiqlovchi qanday hujjatlar taqdim etilishi mumkin?
Yangilandi 13 Yanvar 2023 г. 13:53

1. Ko'chmas mulk oldi- sotdi shartnomasining to'liq elektron nusxasi, davlat reestridagi kadastr guvohnomasining nusxasi bilan, avtotransport vositasining to’liq oldi-sotdi shartnomasi.
2. Depozit (hisob-kitob) hisobvaraqlari mavjudligi yoki ularning muddatidan oldin yopilganligini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi, shuningdek pul mablag‘lari kelib chiqishini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar.
3. Yuridik shaxslar nomidan tuzilgan shartnomalar yoki invoyslarning nusxalari.
4. Yuboruvchi (qarz oluvchi) nomidan pul mablag'larining kelib chiqishi qonuniyligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar, shuningdek, ikki tomonlama qarz shartnomasi.

... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
SWIFT orqali chiquvchi pul o'tkazmalariga qo’yilgan limitlar yoki cheklovlar
Yangilandi 13 Yanvar 2023 г. 13:52
Jismoniy shaxslarning miqdori 100 000 000 so'm (~ 9 000 AQSH dollari ekvivalenti) bo’lgan bir martalik SWIFTorqali chiquvchi pul o'tkazmalari uchun kunlik limitlar mavjud. Shu bilan birga, ushbu tizim orqali pul o‘tkazmasi uchun komissiya tranzaksiya summasining 0,5 foizini tashkil qiladi (100 000 so‘mdan kam bo‘lmaganda ~ 10 AQSh dollari, biroq 20 BRF ~ 1 VBH = 300 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan). Bank komissiyasi: AQSh dollari uchun kamida $10, boshqa valyutalar uchun - bank korrespondent ko’chirmasiga ko'ra.

Bundan tashqari, hozirda SWIFT o'tkazmalarini faqat USD va RUB valyutalari orqali amalga oshirish mumkin.


... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
SWIFT orqali kiruvchi pul o'tkazmalariga qo’yilgan limitlar va cheklovlar
Yangilandi 13 Yanvar 2023 г. 13:51
Limitlar belgilanmagan, mijoz o'zining  hisob raqamlariga o'zi uchun qulay bo'lgan valyutada pul o’tkazmalarini amalga oshirishi mumkin. Norezident mijozlarning hisobvaraqlariga 10 000 AQSH dollaridan ortiq (bir vaqtning o'zida yoki bir oy ichida) mablag'lar kiritilgan hollarda, kelib tushgan mablag'larning kelib chiqishi va qonuniyligi to'g'risidagi hujjatlarni taqdim etish talab qilinadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech