Omonatlar/Depozitlar
"KAPITALBANK.Online" mobil ilovasida ochilgan omonatni qanday yopish mumkin?
Yangilandi 20 December 2024 г. 14:32
Yopish uchun “Omonatlar” bo‘limiga kirishingiz kerak, so‘ngra “Depozitni yopish”, keyin esa “Talab qilib olinguncha 20206 hisobraqam”ni ko‘rsatish yoki mobil ilovaga qo‘shilgan “KAPITALBANK” kartasidan foydalanishingiz mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Agar omonatchi o’z omonatini muddatdan oldin talab qilmoqchi bo'lsa, ushbu ishni amalga oshirishdan qancha vaqt avval bankka xabar qilishi kerak?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:47
Uning birinchi talabiga ko‘ra qaytarib beriladi
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Bank omonat shartnomasi qachondan tuzilgan deb hisoblanadimi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:47
Omonat pul miqdori Bankka tushgan kundan boshlab.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Bankka omonat qo’yish Shartnomasi qanday shaklda (yozma, og’zaki) tuziladi?
Yangilandi 19 December 2024 г. 17:57
Yozma ravishda, onlayn tarzda "KAPITALBANK" mobil ilovasida
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Banklarning foiz stavkalarini belgilagani belgilashda nimalar hisobga olinadi?
Yangilandi 29 July 2024 г. 18:28
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi hisobga olgan holda (13,5%).
Omonatlarda to'langan foiz stavkalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash stavkasini, shuningdek, moliya bozorida taklif va talabni hisobga olgan holda, Bankning Moliyaviy qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Omonatlarda to'langan foiz stavkalari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash stavkasini, shuningdek, moliya bozorida taklif va talabni hisobga olgan holda, Bankning Moliyaviy qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Boshqa bankning plastik kartasidan foydalangan holda sizning bankingizda omonat ochish mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:06
Ha mumkin. Shu bilan birga, foizlar hisob-kitob qilinadigan "Kapitalbank" ning umumiy kartochkasi ham ochiladi
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Boshqa shaxs mening omonatimni to’ldirishi mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Ha, mumkin
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Depozit ochilganda omonatchi qanday hujjatni oladi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:53
Muddatli omonat ochish uchun arizaning bir nusxasi
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Depozit ochish yoki yopish uchun qancha vaqt talab qilinadi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:06
10 daqiqadan 30 daqiqagacha.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Hisoblangan foizlar summasi qaysi hisobga kiritiladi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:41
20206- "Jismoniy shaxslar talab qilib olinguncha depoziti"
22618- "Jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo'yicha majburiyatlar"
22618- "Jismoniy shaxslarning plastik kartalari bo'yicha majburiyatlar"
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Jismoniy shaxslar omonatlariga pul mablag‘larini joylashtirish uchun maksimal foiz qancha?
Yangilandi 19 December 2024 г. 17:53
Bugungi kunda KAPITALBANK o'z omonatchilariga milliy valyutada yillik – 22%, xorijiy valyutada: $ da – 4%, € da – 2% stavkada mablag'larni joylashtirishni taklif qilmoqda.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Jismoniy shaxslar uchun omonatlar bo'yicha "Kapitalbank" ATB tariflari
Yangilandi 6 December 2024 г. 11:29
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Joylashtiriladigan omonatlar bo‘yicha foizlar hisob-kitobi qanday amalga oshiriladi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:48
Joylashtiriladigan omonatlar bo‘yicha hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(Omonat summasi * foiz stavkasi)/365 * pul mablag‘lari omonatda turadigan kunlar soni.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Mening omonatim qanday valyutada qaytarilishi mumkin?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:48
Omonatni qaytarish omonat qanday valyutada kiritilgan bo‘lsa, xuddi o‘sha valyutada amalga oshiriladi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Mening omonatimning qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanganmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:48
Ha, Bankka omonatga qabul qilingan pul mablag‘larining qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Muddatli omonatni ochish uchun qanday hisoblarga ega bo’lish kerak?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Muddatli depozit hisob raqami va talab qilingungacha bo’lgan depozit hisob raqami
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonat (Depozit) nima?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:48
To'lovni to'lash yoki qo'shimcha haq evaziga yoki bunday talabsiz yoki to'lovni amalga oshiruvchi shaxs va to'lovni qabul qilgan shaxs o'rtasida kelishilgan muddatda to'liq qaytarib berish shartlariga muvofiq o'tkaziladigan pul miqdori
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonat miqdori qaysi hisobga joylashtiriladi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:37
20206- "Jismoniy shaxslarning talabi bo'yicha depozitlar"
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonat muddati tugagach, men hali qaytarib olmagan pulga nima bo'ladi?
Yangilandi 10 December 2018 г. 12:28
Omonat muddati tugagandan so'ng, mablag'lar tezkor hisob raqamidan depozit hisob raqamiga o'tkaziladi va omonatchining bankka ariza topshirguniga qadar u yerda qoladi
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonat summasini boshqa davlatda yechib olish mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:35
Agar omonat "KAPITALBANK.Online" mobil ilovasida onlayn tarzda ochilgan bo'lsa, omonatdan KAPITALBANK kartasiga pul o'tkazish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonat summasini komission to’lovsiz yechib olish mumkinmi?
Yangilandi 10 December 2018 г. 12:27
Agar pul mablag’lari bankka naqd pul ko’rinishida qo’yilgan bo’lsa, omonatchidan pulni yechib olishda komission to’lo ushlab qolinmaydi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonat summasini qanday yechib olish mumkin?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:36
Omonat daftarchasini taqdim etish. Passport va arizaning bir nusxasi
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatchi tomonidan taqdimetilgan qaysi hujjatga binoan hisob raqami ochiladi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:06
Shaxsni tasdiqlovchi hujja taqdim etilsa, arizaga binoan ochiladi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatchining hohishiga ko‘ra, uning omonatini muddatidan avval qaytarish qanchalik muddatda amalga oshiriladi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 12:48
Omonatda turgan pul mablag‘lari, omonat muddatida yoki muddatidan avval talab qilinishidan qat’iiy nazar, mijozga uning birinchi talabiga ko‘ra qaytarib beriladi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatimni boshqa bankdan to'ldirishim mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Omonat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni bankomat orqali to'ldirish mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Omonat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni boshqa mamlakatda to'ldirish mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Omonat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni boshqa valyutada to'ldirish mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Yo'q Omonatda mablag' qabul qilish, shuningdek pul mablag'larini qaytarish bir xil valyutada amalga oshiriladi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni terminal orqali to'ldirish mumkinmi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Omonat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni to’ldirishga qancha vaqt ketadi?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Omonatni to’ldirishga uzog’i bilan 5-10 daqiqa ketadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni to’ldirishim mumkin bo’lgan maksimal summa qancha?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
Omonatni to’ldirishim mumkin bo’lgan maksimal summa chegaralanmagan.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatni to’lig’icha yechib olishga qancha vaqt ketadi?
Yangilandi 10 December 2018 г. 12:28
Omonatchi bankka omonatni qaytarib olishni talab qilib murojaat qilgan kuniyoq.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonatning to'liq summasini olsam bo'ladimi?
Yangilandi 10 December 2018 г. 12:28
Ha. Omonatning muddati tugagandan keyin ham, muddatidan oldin ham omonatning to’liq summasini olish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Omonnat qo’yilganidan qancha vaqt o’tgach omonatning to’liq summasini birdaniga yechib olish mumkin?
Yangilandi 10 December 2018 г. 12:29
Omonatni muddat tugagach, yoki undan keyingi istalgan kunda olish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Pulni bankomat orqali yechish mumkinmi?
Yangilandi 10 December 2018 г. 12:26
Yo’q, omonat summasini bankomat orqali yechib bo’lmaydi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Pulni yechib olgandan keyin omonatda qancha pul qolganligini qanday aniqlash mumkin?
Yangilandi 20 December 2024 г. 14:34
Agar omonat oflayn tarzda ochilgan bo'lsa, siz bank filiali operatorlariga murojaat qilib, aniqlik kiritishingiz lozim.
Agar depozit onlayn tarzda ochilgan bo‘lsa, uni “KAPITALBANK.Online” mobil ilovasida tekshirishingiz mumkin.
Agar depozit onlayn tarzda ochilgan bo‘lsa, uni “KAPITALBANK.Online” mobil ilovasida tekshirishingiz mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Qanday turdagi omonatlar mavjud?
Yangilandi 19 December 2024 г. 17:56
Ayni paytda faqat muddatli depozitlar mavjud.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Shaxs necha yoshdan o’zi mustaqil bankda omonat ochishi mumkin?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:06
Pasport bo’lgan taqdirda, 16 yoshdan
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
To'ldirishning yana qanday usullari mavjud?
Yangilandi 20 December 2024 г. 13:05
To'ldirish usullari omonat shartnomasi shartlariga binoan naqd va naqdsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda