«Kapitalbank» ATB o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish infokiosklari va bankomatlar xizmatlaridan foydalanishni taklif etadi.
Bugungi kunda bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab plastik kartalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi 1 300 bankomatlar faoliyatini yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bank tomonidan fuqarolar hamda mamlakatimiz mehmonlari uchun xizmatlar ko‘rsatishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida to‘lov terminallari va bankomatlar tarmog‘i sonini oshirish, xizmat turlarini kengaytirish yo‘lida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bankomat - dasturiy-texnik kompleks bo‘lib, avtomatlashtirilgan tarzda pul mablag‘larini berish va qabul qilishga mo‘ljallangan, shuningdek, bankomat orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tegishli operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlash imkoniyati mavjud.
- Visa, Mastercard, Uzcard, UnionPay plastik kartalaridan naqd pul yechib olish
- Balansni tekshirish
- Operatsiyalar bo‘yicha ko‘chirmalar olish
- PIN-kodni o‘zgartirish
- Kartalar bo‘yicha boshqa operatsiyalar
Call-markaz
+(99871) 200-45-45