Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
To’lov tizimi:
Visa
Valyuta: AQSh dollari
Chiqarish: Bepul*
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd pul yechib olish: 1% + ekvair bank tari
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: Komissiya undirilmaydi
Kartaga xizmat ko’rsatish: Komissiya undirilmaydi
Oxirgi tahrirlangan sana: 02.12.2024

Kapital Premiumdan Visa Infinite metall kartasi noyob dizaynda yaratilgan bo'lib, Kapitalbankning premial mijozlarining yuqori maqomini yorqin ifodalaydi.

Kapital Privilege xizmatlar paketiga nimalar kiradi?
Biz o'z mijozlarimizga eksklyuziv imkoniyatlar va yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishni ta'minlaydigan Kapital Privilege dasturini taklif qilishdan mamnunmiz. Sizga qulay bo'lishi uchun biz Bankning ko'plab filiallarida mavjud bo'lgan maxsus kabinetlardagi shaxsiy menejer xizmatini taqdim etamiz**. Bu barcha moliyaviy masalalarni xotirjam va ishonchli muhitda hal qilish imkonini beradi. Kapital Privilege mijozlariga filiallarning maxsus jihozlangan zonalarida ustuvor ravishda xizmatlar ko’rsatiladi. Shuningdek, biz mijozlarimizga valyuta ayirboshlashning eksklyuziv shartlarini taklif etamiz: Siz minimal xarajatlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishingiz mumkin. Kapital Privilege mijozlari Visa va Mastercard premium kartalarining barcha imtiyozlaridan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, Kapital Privilege dasturi mijozlari Bankning maxsus tadbirlari va aksiyalarida ishtirok etishlari mumkin. Sizning moliyaviy maqsadlaringiz sari qo'ygan har bir qadamingiz imkon qadar qulay bo'lishini ta'minlash uchun barchasini muhayyo qilamiz.

Batafsil ma'lumot olish va chinakam premium darajadagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan mijozlarning imtiyozli klubiga a'zo bo'lish uchun Kapital Privilegening xizmat ko’rsatish filalllariga murojaat qiling!

Kapital Privilege xizmatlar paketining narxi qancha?
Mijozning barcha hisobraqamlaridagi oylik o‘rtacha qoldiqlar 30 000 AQSH dollaridan kam bo’lmasa—bepul (qoldiqlar oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalentda hisoblanadi).

Mijozning barcha hisobraqamlaridagi oylik o‘rtacha qoldiqlar 30 000 AQSH dollaridan kam bo’lsa, oyiga 400 000 so‘m (qoldiqlar oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalentida hisoblanadi).

* Karta «Kapital Premium», «Kapital Privilege» xizmatlar paketining bir qismi sifatida chiqariladi
**Kapital Privilege xizmat ko'rsatish filiallari

  1. OPERU: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy
  2. TSHF: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 86A
  3. Yashnobod: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 1/6
  4. MUF: Toshkent Shahri, Mirzo Ulug‘bek Tumaniy, Mirzo Ulug‘bek Ko‘chasi 52B
  5. Samarqand: Samarqand, Uzbekistanskaya ko‘chasi 116B

Kapital Premiumdan Visa Infinite metall kartasi noyob dizaynda yaratilgan bo'lib, Kapitalbankning premial mijozlarining yuqori maqomini yorqin ifodalaydi.

Ushbu karta bilan quyidagilardan foydalanish imkoni mavjud: LoungeKey dasturi bo'yicha konsyerj xizmati va biznes zallari, xalqaro aeroportlarda Fast Track; global Internet-rouming, mehmonxonalarni bron qilish va avtomobil ijarasi uchun chegirmalar; CIP-zaliga bepul kirish va Toshkent xalqaro aeroportidan transfer; O'zbekiston va butun dunyo bo'ylab Visaning boshqa ko'plab imtiyozlari va maxsus shart-sharotlari.

Kapitalbankning Visa kartalari bilan siz qulaylik va imtiyozlar olamini kashf etasiz. Visa kartalaridan kundalik foydalanish bo'yicha takliflarimiz va foydali ma'lumotlar bilan tanishing.


Bank xizmati / xizmat ko’rsatish shartlari

Bank operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun mijozdan undiriladigan Bank komission to’lovlari stavkasi

Izoh

a) Asosiy metal kartaning chiqarilishi Bepul Karta «Kapital Premium», «Kapital Privilege» xizmatlar paketining bir qismi sifatida chiqariladi
b) Qo'shimcha plastik (metall bo'lmagan) kartani chiqarish Komissiya undirilmaydi
c) Asosiy yoki qo‘shimcha kartani amal qilish muddati tugashi munosabati bilan qayta chiqarish (oyiga, shuningdek, 1 oy oldin yoki keyin) Komissiya undirilmaydi  
d) Asosiy metal kartasini qayta chiqarish, "c" bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno 700 000 so’m
e) Qo'shimcha plastik kartani qayta chiqarish 100 000 so’m Qo'shimcha plastik kartani qayta chiqarish
f) Kartaning amal qilish muddati 5 yil
g) Plastik karta bilan foydalanish mumkin bo'lmagan karta hisobidagi minimal qoldiq Mavjud emas
h) Karta hisobiga minimal dastlabki depozit Mavjud emas
i) Oylik karta hisobiga xizmat ko'rsatish Komissiya undirilmaydi
j) “Kapitalbank” ATB kassa/terminali orqali naqd pul yechib olish Komissiya undirilmaydi
k) “Kapitalbank” ATB bankomati orqali naqd pul yechib olish Komissiya undirilmaydi
l) Boshqa banklarda va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd pul yechib olish 1% + ekvair bank tarifi
m) Tovarlar va xizmatlar uchun to'lov Komissiya undirilmaydi
n) Hisob va operatsiyalar bo'yicha tekshiruv o'tkazish Komissiya undirilmaydi

VISA kartasi - bu sizning mablag'ingiz saqlanadigan hisobraqamingiz kalitidir. Uni ishlatishda quyidagi ehtiyot choralarini ko'rsangiz, hisobingizdan pul mablag'larining noqonuniy yechilish xavfini minimallashtirishingiz mumkin:

  • Kimdir sizning kartangizdan foydalanishiga yo'l qo'ymaslik uchun PIN-kodingizni kartangizdan alohida saqlang, PIN-kodingizni kartangizga yozmang yoki PIN-kodingizni boshqa shaxs bilan baham ko'rmang. Elektron terminal yoki bankomatda PIN kodni kiritayotganda, kiritilgan raqamlar boshqalarga ko'rinmasligiga harakat qiling.

  • Vaqti-vaqti bilan karta hisobvarag'ingizdagi operatsiyalarni tekshiring - bu bank ko'chirmalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Agar siz shubhali yoki noma'lum operatsiyalarni aniqlasangiz, darhol bankka xabar bering.

  • Karta yo'qolgan ( o'g'irlangan, olib qo'yilgan) yoki PIN-kod yoki karta rekvizitlari haqidagi ma'lumotlar uchinchi shaxslarga ma'lum bo'lgan taqdirda, darhol Mobil ilova orqali va ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilib kartani bloklang.

  • Kartangizdan foydalangan holda firibgarlikka yo'l qo'ymaslik maqsadida kartangiz bilan amaliyotlarni faqat sizning huzuringizda amalga oshirilishini so'rang va uni sizning ko'zingizdan g'oyib bo'lishiga yo'l qo'ymang.

  • Bankomatdan naqd pul olayotganda bankomat yaxshi yoritilgan joyda yoki bankning maxsus binosida o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, iloji bo‘lsa, kimsasiz joylarda o‘rnatilgan bankomatlarda operatsiyalarni amalga oshirmang;

  • Karta ochish uchun Ariza
  • Karta hisobvarag'ini ochish uchun Ariza
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli
  • Bank va jismoniy shaxs o'rtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • VISA kartasini ochtirish uchun 17-00 gacha
  • VISA kartasidan naqd pul yechish bo'yicha 17-00 gacha
  • Boshqa operatsiyalar 17-00 gacha

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Yanada ko’proq ma’lumot olish:

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech