Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
To’lov tizimi: Visa
Valyuta: AQSh dollari
Kartani amal qilish muddati: 3 yil
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: Komissiya undirilmaydi
Kartaga xizmat ko’rsatish: 1 AQSH dollari
Kiritilgan: 25.10.2022

Visa Platinum - Qora rang karta. Bu kartadan bankning eng nufuzli va badavlat mijozlari foydalanadilar. Visa Platinum – ushbu karta egasiga alohida xizmat va diqqat-e'tibor ko‘rsatiladi. Ko‘plab supermarket va restoranlar Visa Platinum egalari uchun imtiyoz dasturlarida mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. Visa Platinum kartasi ko‘nglingiz istagan maxsulotlar va xizmatlar haqini to‘lashdek ajoyib imkoniyat bilan birga hamyoningizni yanada yorqin va qulay qilishga qodir. “Kapitalbank” ATBda Siz Visa Platinum debet kartasini ochishingiz mumkin.

Bugungi kunda plastik karta – bu qulay va yuqori texnologiyali axborot manbaidir. Hozirgi zamonda plastik kartochkalar deyarli har jabhada qo‘llanilmoqda. Xarid qilayotganingizda Sizga kerakli bo‘lgan summanigina beradigan hamyonni faraz qiling, Sizdan boshqa hech kim undan foydalana olmaydi va, eng asosiysi, hamyonni yo‘qotib qo‘ysangiz ham pullaringiz yoningizda qoladi. Bunaqasi bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Biz bu fikringizga qo‘shilmaymiz. “Kapitalbank” ATB Sizga qulay va xavfsiz yechim taklif etadi. Bu - PLASTIK KARTOCHKALAR!

“Kapitalbank” ATB plastik kartochkalari bilan Siz turmush ikir-chikirlariga chalg‘imaysiz, barcha diqqat-e'tiboringizni eng qiziqarli va muhim masalalarga qaratishingiz mumkin bo‘ladi.

Bank xizmati/xizmat ko‘rsatish sharti

Mijozga Bank tomonidan bajarilgan operatsiya uchun undiriladigan Bankning komission mukofotlash stavkasi

Izoh

a) Asosiy kartani chiqarish 170 000 so’m
15 USD*
15 EUR*
b) Qo‘shimcha kartani chiqarish Komissiya undirilmaydi
c) Kartaning amal qilish muddati 3 yil
d) Asosiy yoki qo‘shimcha kartani chiqarishga buyurtma olish uchun kartani chiqarish muddati 3 ish kunidan ortiq emas
e) Karta hisobidagi, karta bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmagan kamaytirilmaydigan qoldiq 30 AQSH dollari Mijoz bilan barcha o‘zaro –hisob/kitoblar tugatilib, karta hisobi yopilganligi haqidagi ariza berilgandan so‘ng 30 kundan kechiktirmasdan mijozga qaytariladi.
50 AQSH dollari "Kapitalbank" mobil ilovasi orqali buyurtma berishda
f)

Karta hisobiga minimal birlamchi badal

yo'q Foydalanish mumkin bo‘lgan summa, kamaytirilmaydigan qoldiqni hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi.
g) Karta hisobiga xizmat ko‘rsatish
har oy 1 AQSh dollari Har oy AQSh dollarida undiriladi Quyidagi shartlardan biri bajarilganda:
* hisob bo'yicha o'rtacha oylik qoldiq > $500;
* tovar va xizmatlar uchun to'lov aylanmasi> oyiga $100
h) Asosiy yoki qo‘shimcha kartani muddatidan avval chiqarish/qayta chiqarish (agar karta egasi kartaning amal qilish muddati tugagunga qadar 2 oy avval murojaat qilgan bo‘lsa) 170 000 so’m
15 USD*
15 EUR*
i) «Kapitalbank» ATB tarmog‘ida «Kapitalbank» ATB Visa kartalari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish operatsiya summasidan 0,7%
j) Boshqa banklarda «Kapitalbank»ATB kartalari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish 2% Komissiya tranzaksiyaning to‘liq summasidan undiriladi
k) «Kapitalbank» ATB xizmat ko‘rsatish tarmog‘i ichida va uning tashqarisida tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish Komissiya undirilmaydi Komissiya tranzaksiyaning to‘liq summasidan undiriladi
MSS 6051 boʻyicha “Kapitalbank” ATB kartalari orqali toʻlov amalga oshirilganda 1%
l) Quyidagilar munosabati bilan kartani qayta chiqarish:
Yo‘qolganligi (shikastlaganligi); 170 000 so’m
Karta egasining nomi o‘zgarganligi 15 USD*
PIN kod almashganligi 15 EUR*
Kartaning amal qilish muddati almashganligi Komissiya undirilmaydi
m) Hisobvaraq va operatsiyalar boʻyicha tekshirish oʻtkazish 100$ gacha – 5 (besh) AQSh dollari;

100$ dan boshlab (100$ ni ham qo’shib) – tranzaksiya summasidan 1%, biroq 10 (o’n) AQSh dollaridan kam bo’lmagan holda (MB kursi bo’yicha)
To'lov milliy valyutada Markaziy Bankning mijozdan ariza qabul qilingan kundagi kursi bo'yicha amalga oshiriladi. Bunday holda, bahsli tranzaksiya summasi 25 (yigirma besh) AQSh dollaridan kam bo'lmasligi kerak.
n) 3D Secure xizmatiga ulanish va xizmat ko‘rsatish Komissiya undirilmaydi 3D Secure xizmatiga ulanishga, faqat mijozning SMS xabarnoma xizmatiga ulanish sharti bilan ruxsat beriladi.
o) “Kapitalbank” ATB Visa kartalaridan “Kapitalbank” ATB xizmat koʻrsatish bankomatlarida naqd pul mablagʻlarini olish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Komissiya undirilmaydi Milliy va xorijiy valyutalar uchun
p) "Kapitalbank" ATBning Visa kartalaridan istalgan bankning Visa kartalariga P2P tizimidan foydalangan holda bankning E-POS terminali orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarga ishlov berish Operatsiya summasining 0,7% i (kamida 1 AQSh dollari)

Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.

  • Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.

  • Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 qisqa raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA

  • Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 qisqa raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.

  • Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.

  • Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.


  • Ariza
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  • Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
  • EMV SMART VISTA kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
  • Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q

Vaqt

Hisob-kitoblarni qayta hisoblashda vaqtni tejash

Xavfsizlik

Hisob-kitoblarning xavfsizligi va mablag'larni saqlash

Aniqlik

Hisob-kitoblarda aniqlik va naqd pulni katta miqdordagi ko'chirishga hojat yo'q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech