




Visa Platinum - Qora rang karta. Bu kartadan bankning eng nufuzli va badavlat mijozlari foydalanadilar. Visa Platinum – ushbu karta egasiga alohida xizmat va diqqat-e'tibor ko‘rsatiladi. Ko‘plab supermarket va restoranlar Visa Platinum egalari uchun imtiyoz dasturlarida mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. Visa Platinum kartasi ko‘nglingiz istagan tovarlar va xizmatlar haqini to‘lashdek ajoyib imkoniyat bilan birga hamyoningizni yanada yorqin va qulay qilishga qodir. “Kapitalbank” ATBda Siz Visa Platinum debet kartasini ochishingiz mumkin.
Bugungi kunda plastik karta – bu qulay va yuqori texnologiyali axborot manbaidir. Hozirgi zamonda plastik kartochkalar deyarli har jabhada qo‘llanilmoqda. Xarid qilayotganingizda Sizga kerakli bo‘lgan summanigina beradigan hamyonni faraz qiling, Sizdan boshqa hech kim undan foydalana olmaydi va, eng asosiysi, hamyonni yo‘qotib qo‘ysangiz ham pullaringiz yoningizda qoladi. Bunaqasi bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Biz bu fikringizga qo‘shilmaymiz. “Kapitalbank” ATB Sizga qulay va xavfsiz yechim taklif etadi. Bu - PLASTIK KARTOCHKALAR!
“Kapitalbank” ATB plastik kartochkalari bilan Siz turmush ikir-chikirlariga chalg‘imaysiz, barcha diqqat-e'tiboringizni eng qiziqarli va muhim masalalarga qaratishingiz mumkin bo‘ladi.
|
Bank xizmati/ xizmat ko‘rsatish sharti |
Mijozga Bank tomonidan bajarilgan operatsiya uchun undiriladigan Bankning komission mukofotlash stavkasi |
Izoh |
a) |
Asosiy kartani chiqarish |
150 000 so‘m |
|
b) |
Qo‘shimcha kartani chiqarish |
Vositachilik haqi undirilmaydi |
|
v) |
Kartaning amal qilish muddati |
3 yil |
|
g) |
Asosiy yoki qo‘shimcha kartani chiqarishga buyurtma olish uchun kartani chiqarish muddati |
3 ish kunidan ortiq emas |
|
d) |
Asosiy yoki qo‘shimcha kartani zudlik bilan chiqarish/qayta chiqarish |
100 000 so‘m |
24 soat mobaynida chiqariladi. Asosiy yoki qo‘shimcha kartani tezkorlik bilan chiqarish uchun komissiyaga qo‘shimcha tarzda undiriladi. |
e) |
Karta hisobidagi, karta bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmagan kamaytirilmaydigan qoldiq |
100 AQSH dollari |
Mijoz bilan barcha o‘zaro –hisob/kitoblar tugatilib, karta hisobi yopilganligi haqidagi ariza berilgandan so‘ng 30 kundan kechiktirmasdan mijozga qaytariladi. |
j) |
Karta hisobiga minimal birlamchi badal |
yo'q |
Foydalanish mumkin bo‘lgan summa, kamaytirilmaydigan qoldiqni hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. |
z) |
Karta hisobiga xizmat ko‘rsatish |
1 AQSH dollari |
Har oy AQSh dollarida. |
i) |
Asosiy yoki qo‘shimcha kartani muddatidan avval chiqarish/qayta chiqarish (agar karta egasi kartaning amal qilish muddati tugagunga qadar 2 oy avval murojaat qilgan bo‘lsa) |
20 000 so‘m |
|
k) |
«Kapitalbank» ATB tarmog‘ida «Kapitalbank» ATB Visa kartalari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish |
Vositachilik haqi undirilmaydi |
|
l) |
Boshqa banklarda «Kapitalbank»ATB kartalari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish |
1,5% (minimum 2 AQSH dollari) |
Komissiya tranzaksiyaning to‘liq summasidan undiriladi |
m) |
«Kapitalbank» ATB xizmat ko‘rsatish tarmog‘i ichida va uning tashqarisida tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish |
0,1% (minimum 0,01 AQSH dollari) |
Komissiya tranzaksiyaning to‘liq summasidan undiriladi |
n) |
Quyidagilar munosabati bilan kartani qayta chiqarish: Yo‘qolganligi (shikastlaganligi); Karta egasining nomi o‘zgarganligi PIN kod almashganligi Kartaning amal qilish muddati almashganligi |
150 000 so'm 150 000 so'm 150 000 so'm Vositachilik haqi undirilmaydi |
|
o) |
Karta bo‘yicha operatsiyaning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim qilgan holda hisob va operatsiyalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish |
130 000 so‘m |
Xizmat ko‘rsatuvchi bankdan (ekvayerdan) chek nusxasi so‘ralganda |
p) |
Asossiz shikoyat qilingan to‘lov bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish |
425 000 so‘m |
Har bir tranzaksiya hisobida |
r) |
Kartani bloklash va uni global stop-listga kiritish |
600 000 so‘m |
Mijozning yozma arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Mijozning arizasi bankka faks orqali, skanerdan o‘tkazilgan, cards@kapitalbank.uz. manzili bo‘yicha elektron pochta orqali yuborilgan hujjat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Mijoz bankka shaxsan murojaat qilganida ariza asl nusxasiga almashtiriladi. |
s) |
3D Secure xizmatiga ulanish va xizmat ko‘rsatish |
Vositachilik haqi undirilmaydi |
3D Secure xizmatiga ulanishga, faqat mijozning SMS xabarnoma xizmatiga ulanish sharti bilan ruxsat beriladi. |
t) |
“Kapitalbank” ATB Visa kartalaridan “Kapitalbank” ATB xizmat koʻrsatish bankomatlarida naqd pul mablagʻlarini olish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash |
Vositachilik haqi undirilmaydi |
Milliy va xorijiy valyutalar uchun |
u) |
Hisobvaraq va operatsiyalar boʻyicha tekshirish oʻtkazish |
100$ gacha – 5 (besh) AQSh dollari; 100$ dan boshlab (100$ ni ham qo’shib) – tranzaksiya summasidan 1%, biroq 10 (o’n) AQSh dollaridan kam bo’lmagan holda (MB kursi bo’yicha) |
To'lov milliy valyutada Markaziy Bankning mijozdan ariza qabul qilingan kundagi kursi bo'yicha amalga oshiriladi. Bunday holda, bahsli tranzaksiya summasi 25 (yigirma besh) AQSh dollaridan kam bo'lmasligi kerak. |
u) |
"Kapitalbank" ATBning Visa kartalaridan istalgan bankning Visa kartalariga P2P tizimidan foydalangan holda bankning E-POS terminali orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarga ishlov berish |
Operatsiya summasining 0,7% i (kamida 1 AQSh dollari) |
|
Barcha tariflar ro'yxati
Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.
-
Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.
-
Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 qisqa raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA
-
Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 qisqa raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.
-
Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.
-
Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.
- Ariza
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
- Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
- VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
- EMV SMART VISTA kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
- Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.

Aniqlik

Vaqt

Xavfsizlik

Xavfsizlik

Vaqt

Aniqlik

Vaqt

Xavfsizlik
