VISA va Mastercard plastik kartalari uchun SMS-xabarnoma xizmati
"Kapitalbank" ATB o‘z mijozlari - Visa va Mastercard karta egalariga bepul asosda amalga oshiriladigan yangi "SMS-xabarnoma" xizmatidan foydalanishni taklif etmoqda.
Ushbu xizmat mijozni plastik karta bo‘yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risida real vaqt rejimida xabardor qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, SMS-so‘rov orqali karta balansi, so‘nggi operatsiyalar ro‘yxati va ro‘yxatdan o‘tkazilgan kartalar haqida ma’lumot olish mumkin. Zarurat bo‘lganda, mijoz tegishli SMS-so‘rov yuborish orqali kartani bloklash yoki blokdan chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish shakli:
Xizmatni yoqish/o‘chirish uchun bankka ariza berishingiz lozim.
Barcha ma’lumotlar arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga kelib tushadi.
«Uzcard» tizimidagi plastik kartalar uchun SMS-xabarnoma xizmati Sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:UZCARD plastik kartalari uchun SMS-xabarnoma xizmati
- karta hisobingiz holatini real vaqt rejimida nazorat qilib turish;
- hisob bo‘yicha siz ruxsat bermagan operatsiya amalga oshirilayotgan bo‘lsa, tezkor choralar ko‘rish;
- karta muddati tugaganligi haqida xabarnoma olish;
- kartaning bloklanganligi/blokdan chiqarilganligi haqida xabarnoma olish.
SMS xabarnoma xizmatini NCR 6623/27 AKB "Kapitalbank" bankomatlarida yoqish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
- Kartani bankomatga joylashtiring
- Interfeys tilini tanlang va karta PIN-kodini kiriting.
- "SMS xabarnoma" xizmatini tanlang.
- "Yoqish" tugmasini bosing va telefon raqamingizni 998912345678 formatida kiriting (Agar karta yangi bo‘lsa va xizmat avval ulanmagan bo‘lsa)
- "O‘chirish" tugmasini bosing, operatsiya muvaffaqiyatli bajarilgani haqidagi chekni oling, so‘ngra "Yoqish" tugmasini yana bosib, telefon raqamingizni 998912345678 formatida kiriting (Agar avval boshqa telefon raqami ulangan bo‘lsa).
Xizmatga ulanish bo`yicha izoh:
Elektron tijorat xizmatlaridan foydalanish, jumladan to‘lov vositalari va/yoki masofaviy bank xizmati orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash uchun SMS-xabarnoma xizmatiga ulanish lozim. Xizmat plastik kartani emissiya qilgan (chiqargan) har qanday bankda bepul ravishda, shuningdek bankomatda ham yoqiladi.
Quyidagi holatlarda SMS-xabarnoma xizmatini yoqib bo‘lmaydi:
- SMS-xabarnoma xizmati kartangizga allaqachon ulangan bo‘lsa.
- Kartani chiqargan bankda SMS-xabarnoma xizmati mavjud bo‘lmasa.
SMS-xabarnoma xizmati uchun raqamni qanday o‘zgartirish mumkin:
SMS-xabarnoma xizmati uchun raqamni istalgan bankomatda yoki bankda bepul o‘zgartirish mumkin:
- Eski raqamdan SMS-xabarnoma xizmatini o‘chiring - bu jarayon xizmatni yoqish kabi tartibda bajariladi.
- Yangi raqamga SMS-xabarnoma xizmatini ulang.
Barcha kartalardan SMS-xabarnoma xizmati o‘chirilganida, abonent bu xizmat muvaffaqiyatli o‘chirilganligi haqida xabarnoma olmaydi!