Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Zolotaya Korona xalqaro pul jo‘natmalari tizimi bo‘lib, dunyo bo‘ylab 50 ta mamlakatda 20 000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlariga ega. Uning afzalliklari haqida gap ketganda, mazkur tizim orqali MDH va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha “Kapitalbank” ATB punktlari orqali pul jo‘natish imkoniyati borligi haqida ta’kidlash mumkin.

“Kapitalbank” ATB bank xizmatlarini yaxshilash maqsadida muntazam ravishda ish olib boradi. Zolotaya Korona ishga tushirilishi Bank mijozlariga yanada qulaylik yaratib, ularning chet elga pul jo‘natish va qabul qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

“Kapitalbank” ATB da Zolotaya Korona orqali pul jo‘natish afzalliklari nimalardan iborat?
  • Mamlakat bo‘ylab Bank bo‘linmalarining keng tarmog‘i
  • Hisobraqamga pullarni tez o‘tkazib berish – qabul qiluvchi tezkorlik bilan pul olishi mumkin.
  • Milliy valyuta yoki AQSh dollari ko‘rinishida pul jo‘natmalarini olish.
  • Minimal komissiyalar – ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha pulni komissiyasiz yoki pasaytirilgan komissiya bilan jo‘natish mumkin.
  • Ishonchlilik – pul jo‘natmalari ko‘p yillik tajribaga ega Zolotaya Korona xalqaro to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi.
“Kapitalbank” ATB orqali Zolotaya Korona pul jo‘natmasini qanday jo‘natish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:
  • Bankning eng yaqin joylashgan bo‘linmasiga murojaat qiling.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qiling (pasport, ID karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).
  • Qabul qiluvchi shaxsning istiqomat qilayotgan mamlakatini, shahrini va boshqa ma’lumotlarini ko‘rsating (Familiyasi, ismi, sharifi, aloqaga chiqish uchun telefon raqami).
  • Pul jo‘natmasining miqdorini ko‘rsating va komissiya to‘lang.
  • Nazorat raqamini oling (9 yoki 11 raqamdan iborat) va uni qabul qiluvchi shaxsga topshiring.
Xorijilik fuqarolar uchun:
  • Bankning eng yaqin joylashgan bo‘linmasiga murojaat qiling.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qiling (xorij fuqarosining pasporti).
  • “Norezident bo‘lgan shaxslar uchun anketani” qo‘lda to‘ldiring (xorijiy fuqarolar bo‘lgan yangi mijozlar uchun).
  • Doimiy yashash / vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zR da ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida hujjatni taqdim eting (QR bo‘lmasa, O‘zR ga kirganligi to‘g‘risida muhrni ko‘rsatish kerak);
  • JShShIR (JShSIR ni olish uchun “Yagona darcha”ga murojaat qiling).
  • Milliy operator tomonidan olingan mobil raqamini ko‘rsating (+998).
  • Pul oluvchining istiqomat qilayotgan mamlakatini, shahrini va boshqa ma’lumotlarini ko‘rsating (Familiyasi, ismi, sharifi, aloqaga chiqish uchun telefon raqami).
  • Pul jo‘natmasining miqdorini ko‘rsating va komissiya to‘lang.
  • Nazorat raqamini oling (9 yoki 11 raqamdan iborat) va uni qabul qiluvchi shaxsga topshiring.
“Kapitalbank” ATB orqali Zolotaya Korona pul jo‘natmani qanday qabul qilish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:
  • Bankning eng yaqin joylashgan bo‘linmasiga murojaat qiling.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qiling (pasport, ID karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).
  • Pul jo‘natmasining nazorat raqamini aytib o‘ting (9 yoki 11 raqamdan iborat), pul jo‘natgan shaxsning ism, familiya va sharifini.
  • Qabul qilishga mo‘ljallangan pul miqdorini aytib o‘ting.
  • Pul jo‘natmasini milliy valyuta yoki AQSh dollar ko‘rinishida oling.
Xorijlik fuqarolar uchun:
  1. Bankning eng yaqin joylashgan bo‘linmasiga murojaat qiling.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qiling (xorij fuqarosining pasporti).
  3. “Norezident bo‘lgan shaxslar uchun anketani” qo‘lda to‘ldiring (xorijiy fuqarolar bo‘lgan yangi mijozlar uchun).
  4. Doimiy yashash / vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zR da ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida hujjatni taqdim eting (QR bo‘lmasa, O‘zR ga kirganligi to‘g‘risida muhrni ko‘rsatish kerak);
  5. JShShIR (JShSIR ni olish uchun “Yagona darcha”ga murojaat qiling).
  6. Milliy operator tomonidan olingan mobil raqamini ko‘rsating (+998)
  7. Pul jo‘natmasining nazorat raqamini aytib o‘ting (9 yoki 11 raqamdan iborat), pul jo‘natgan shaxning ism, familiya va sharifini.
  8. Qabul qilishga mo‘ljallangan pul miqdorini aytib o‘ting.
  9. Pul jo‘natmani AQSh dollar yoki milliy valyuta ko‘rinishida oling.
Zolotaya Korona rasmiy sayti - https://koronapay.com/transfers/tariffs/offline/
1
O'zbekiston-Rossiya
0%
Miqdoridan qat'iy nazar - 0%

2
O'zbekiston-Ozarbayjon
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

3
O'zbekiston-Armaniston
0,9%
Miqdoridan qat'iy nazar - 0,9%

4
O'zbekiston-Belarus
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

5
O'zbekiston-Gretsiya
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

6
O'zbekiston-Gruziya
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

7
O'zbekiston-Isroil
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

8
O'zbekiston-Qozog'iston
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

9
O'zbekiston-Kipr
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

10
O'zbekiston-Xitoy
10%
Alipay-ga tarjimalar

11
O'zbekiston-Koreya
3$
Miqdoridan qat'iy nazar - 3$

12
O'zbekiston-Qirg'iziston
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

13
O'zbekiston-Ruminiya
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

14
O'zbekiston-Serbiya
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

15
O'zbekiston-Tailand
1%
Miqdoridan qat'iy nazar - 1%

16
O'zbekiston-Turkiya
0,7%
Miqdoridan qat'iy nazar - 0,7%

Hozircha ma’lumot yo’q
Hozircha ma’lumot yo’q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech