Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Karta chiqarish va xizmat ko’rsatish: Bepul
“Kapitalbank” ATB kassasida naqd pul yechib olish: 0%
Oxirgi tahrirlangan sana: 23.12.2024

Bolalar kartalarni yaxshi ko‘radi — ular olgan besh baholari evaziga pul jamg‘arishni va uni do‘konlarda ham, internetda ham oqilona sarflashni o‘rganadilar.

14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun plastik karta ochish – mutlaqo bepul. Agar bola hali pasportga ega bo‘lmasa, hisob ochish uchun quyidagilar talab etiladi: bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, ota-onadan biri yoki vasiyning pasporti va yozma roziligi.

Farzandingizni moliyaviy intizomga bugunoq o‘rgating!


Xizmat nomi

Komission mukofot stavkasi

Izoh

a) Asosiy yoki qo’shimcha kartani chiqarish Komissiya undirilmaydi
b) Kartani u yo’qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda bloklash Komissiya undirilmaydi
c) Yo’qolgan yohud yaroqsiz holga keltirilgan asosiy yoki qo’shimcha kartani qayta chiqarish 50 000 soʻm Bundan mustasno:
mijozdan mustaqil sabablarga ko'ra kartalarning ishlamay qolishi holatlari
d) Kartaning amal qilish muddati 5 yil
e) Karta hisob raqamini to’ldirish: Komissiya undirilmaydi
f) “Kapitalbank” ATB kassasida naqd pul mablagʻlarini berish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Komissiya undirilmaydi
g) “Kapitalbank” ATB terminal tarmogʻida tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Komissiya undirilmaydi
h) Boshqa bank kassasida yoki boshqa bank bankomati orqali karta hisob raqamidan naqd pul mablagʻlarini berish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Xizmat ko’rsatuvchi bank stavkalari bo’yicha
i) Boshqa banklar terminal tarmogʻida tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Xizmat ko’rsatuvchi bank stavkalari bo’yicha
j) Karta saqlovchisi topshirigʻiga koʻra karta hisob raqamidan mablagʻlarni naqd pulsiz koʻrinishda oʻtkazish har bir operatsiya uchun operatsiya summasining 0,5 foizi (5 000 so‘mdan kam bo‘lmagan, lekin 100 000 so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qiymatda); 1. "Kapitalbank" ATB tarkibiy bo'linmalarida ochilgan jismoniy shaxslar/yuridik shaxslar/yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisob raqamlariga mablag'lar o'tkazilganda;
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hisob raqamlariga o'tkazilganda (VAQF.UZ., Nogiron-Bolalar Kamalak Uyi, Mehribon insonlar va shunga o'xshashlar) (xayriya)
k) Kartaning amal qilish muddati tugaganida kartani qayta chiqarish (shu oyda va keyingi oyda) Komissiya undirilmaydi
Hozircha ma’lumot yo’q

Karta banklar, to‘lov tashkilotlarining har qanday mobil ilovalariga osongina biriktirilishi mumkin

KIDS kartasini qanday ochish mumkin?

10-14 yoshdagi shaxslar uchun:

  1. Murojaat qilayotgan shaxsning (bolaning) ota-onasi Bank filialiga murojaat qilishi lozim.
  2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (xorijiy pasport) taqdim etiladi.
  3. Karta ota-onaning kontragenti nomiga, uning hisob raqamiga bog‘lan holda ochiladi.
  4. Karta egasi sifatida bolaning ismi va familiyasi ko‘rsatilgan holda, KIDS kartasini ochish uchun ariza yaratiladi.

14-16 yoshdagi shaxslar uchun:

  1. Bank filialiga ota-ona bilan birga yoki mustaqil ravishda murojaat etiladi.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (metrika) taqdim etiladi.
  3. Yangi kontragent yaratiladi, murojaat qilgan shaxs nomiga hisob raqami ochiladi.
  4. Karta egasi sifatida bolaning ismi va familiyasi ko‘rsatilgan holda KIDS kartasini ochish uchun ariza yaratiladi.
  5. Bank mijozlari bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarning identifikatsiya ma’lumotlarini ID-karta olgan paytdan boshlab 1 oy ichida yangilash majburiy hisoblanadi.

Savol-javoblar

1.
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Yangilandi 27 June 2025 г. 13:56
Kartani yetkazib berish xizmati bilan birga onlayn buyurtma berish yoki bank bo‘limlariga tashrif buyurish orqali rasmiylashtirish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
2.
Kartaning amal qilish muddati qancha?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Kartaning amal qilish muddati 5 yil. Kartalarning amal qilish muddati kartaning o‘zida ko‘rsatilgan.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
3.
Kartani rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:51
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)
  2. Mahalliy aloqa operatorining telefon raqami
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  • Xorijiy pasport
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tganlik (agar QR-kod bo‘lmasa, O‘zbekistonga kirish muhri)
  • JSHSHIR 
  • O‘zbekiston milliy aloqa operatorining mobil raqami (+998)
  • Norezident mijoz tomonidan qo‘lda to‘ldirilgan anketa
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
4.
Amal qilish muddati tugamasdan oldin kartani qayta chiqarish mumkinmi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Ha, kartani amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin, shu oyning o‘zida va bir oydan keyin bepul ravishda qayta chiqarish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
5.
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun qanday kartani tanlash maqsadga muvofiq?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:52
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun Visa yoki MasterCard kartalari eng maqbul tanlov hisoblanadi, chunki ular deyarli hamma joyda qabul qilinadi. Bu kartalar xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi va chet eldagi bankomatlarda naqd pul yechib olishga imkon yaratadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
6.
Kartani qanday himoya qilish mumkin?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:55
Kartani begonalarga bermang, PIN-kodni ma`lum qilmang va uni karta bilan birga saqlamang. Kartani qarovsiz qoldirmang va karta ma’lumotlarini telefon orqali hech kimga aytmang.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
7.
Bola uchun karta ochsa bo‘ladimi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Ha, 14 yoshdan boshlab bolalar uchun karta rasmiylashtirish mumkin, 14 yoshdan kichik bolalar uchun esa ota-onalar yoki vasiylarning roziligi talab qilinadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
8.
Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda, iloji boricha tezroq 1340 raqamli ishonch telefoni orqali bank bilan bog‘lanish, kartadan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun uni «Kapitalbank» ATB mobil ilovasi yordamida yoki eng yaqin filialga tashrif buyurish orqali bloklash zarur.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?

Mobil ilovani yuklash

Kapitalbank mobil ilovasini yuklab oling va kartani yetkazib berish orqali buyurtma qiling

Kartani bank filiallarida ham rasmiylashtirish mumkin

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech