Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chiqarish: 50 000 UZS
“Kapitalbank” ATB kassasida naqd pul yechib olish: 0%
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: 0%
Kartaga xizmat ko’rsatish: Bepul
Oxirgi tahrirlangan sana: 01.07.2025
Xizmat nomi
UZS
1
Kartani chiqarish (Bank filialida):
Asosiy
QQSni hisobga olganda 50 000 UZS
Qo'shimcha
Mavjud emas
2
Kartani qayta chiqarish:
Bank tashabbusi bilan
Bepul
Mijozning tashabbusi bilan (yo'qotish, o'g'irlik, shikastlanish va boshqalar)
QQSni hisobga olganda 50 000 UZS
3
Mobil ilova orqali kartaga buyurtma berish va uni kuryer orqali yetkazib berish (O'zb hududida/RFda)
85 000 UZS (O‘zB hududida) / 750 000 UZS (RFda)
4
Kamaymaydigan qoldiq hajmi
0 UZS
5
Bank kartasiga oylik xizmat ko'rsatish
Bepul
6
Xizmat ko'rsatish komissiyasi (5-band) quyidagi shartlardan biri bajarilganda undirilmaydi:
barcha hisobvaraqlar/omonatlar bo'yicha o'rtacha oylik qoldiq kamida (ekvivalent)
tovarlar va/yoki xizmatlar uchun oylik to'lov miqdori kamida (ekvivalent)
7
Tovarlar va xizmatlar uchun to'lov
0%
8
Naqd pul mablag'larini yechib olish:
bank kassasida
0%
bank bankomatida
1%
O'zR uchinchi tomon bankining kassasida va bankomatida
0%
xorij bankining kassasida va bankomatida
Mavjud emas
9
Bank va MBX bankomatlari tarmog'idagi mini-ko'chirma
Bepul
10
Talabnoma va davr uchun aylanmalar bo'yicha ko'chirmalarni joyiga taqdim etish uchun maxsus blankada ma'lumotlar berish
QQSni hisobga olganda 50 000 UZS

Eslatmalar:

  1. Barcha karta mahsulotlari uchun bank kartasini Bloklash/Blokdan chiqarish, 3D Secure Ulanish xizmatlari - bepul taqdim etiladi.
  2. Tariflar filiallarda yoki Bankning MBXda buyurtma berish uchun mavjud bo'lgan karta mahsulotlari bo'yicha taqdim etiladi.
  3. Xalqaro to'lov tizimlarining har qanday bank kartalari virtual karta formatida chiqarilishi mumkin
  4. Kartaning boshqa amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan tariflar bo'yicha, karta 5 yil muddatga, virtual kartalar 12 oy muddatga chiqariladi.
  5. Komissiyalar faqat emitent tomonidan ko'rsatiladi. Bank-ekvayer tomonidan qo'shimcha komissiyalar olinishi mumkin, ular to'g'risida mijoz to'g'ridan-to'g'ri bankomatda yoki uchinchi tomon bankining kassasida operatsiyani amalga oshirish vaqtida xabardor qilinadi.
  6. Premial kartalar metall bo'lmagan talqinda keltirilgan
Hozircha ma’lumot yo’q

Yangi norezident mijoz uchun talablar


Yangi mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlar:
  • Chet el pasporti
  • O‘zR hududida ro‘yxatdan o‘tganligi (agar QR-kodsiz bo‘lsa – O‘zRga kirganlik muhrining nusxasi)
  • JShShIR
  • O‘zbekiston milliy mobil operatori raqami (+998)
  • Norezident mijoz uchun qo‘lda to‘ldirilgan anketa
Yangi norezident mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi, agar:
  • pasportdagi ma’lumotlar va ro‘yxatdan o‘tishdagi ma’lumotlar o‘zaro mos kelmasa,
  • ro‘yxat QR-kodsiz berilgan bo‘lib, pasportda davlat chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida muhr mavjud bo‘lmasa,
  • JShShIR taqdim etilmagan bo‘lsa

KIDS kartasini qanday ochish mumkin?

10-14 yoshdagi shaxslar uchun:

  1. Murojaat qilayotgan shaxsning (bolaning) ota-onasi Bank filialiga murojaat qilishi lozim.
  2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (xorijiy pasport) taqdim etiladi.
  3. Karta ota-onaning kontragenti nomiga, uning hisob raqamiga bog‘lan holda ochiladi.
  4. Karta egasi sifatida bolaning ismi va familiyasi ko‘rsatilgan holda, KIDS kartasini ochish uchun ariza yaratiladi.

14-16 yoshdagi shaxslar uchun:

  1. Bank filialiga ota-ona bilan birga yoki mustaqil ravishda murojaat etiladi.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (metrika) taqdim etiladi.
  3. Yangi kontragent yaratiladi, murojaat qilgan shaxs nomiga hisob raqami ochiladi.
  4. Karta egasi sifatida bolaning ismi va familiyasi ko‘rsatilgan holda KIDS kartasini ochish uchun ariza yaratiladi.
  5. Bank mijozlari bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarning identifikatsiya ma’lumotlarini ID-karta olgan paytdan boshlab 1 oy ichida yangilash majburiy hisoblanadi.
Kartalarni ochish uchun zarur hujjatlar:
  • O‘zR rezidentlari: fuqaroning ichki pasporti, ro‘yxatdan o‘tganligi
  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari: xorijga chiqish pasporti, ro‘yxatdan o‘tganligi, JSHSHIR, O‘zR prefiksi bilan telefon raqami.

Savol-javoblar

1.
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Yangilandi 27 June 2025 г. 13:56
Kartani yetkazib berish xizmati bilan birga onlayn buyurtma berish yoki bank bo‘limlariga tashrif buyurish orqali rasmiylashtirish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
2.
Kartaning amal qilish muddati qancha?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Kartaning amal qilish muddati 5 yil. Kartalarning amal qilish muddati kartaning o‘zida ko‘rsatilgan.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
3.
Amal qilish muddati tugamasdan oldin kartani qayta chiqarish mumkinmi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Ha, kartani amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin, shu oyning o‘zida va bir oydan keyin bepul ravishda qayta chiqarish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
4.
Kartani rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:51
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)
  2. Mahalliy aloqa operatorining telefon raqami
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  • Xorijiy pasport
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tganlik (agar QR-kod bo‘lmasa, O‘zbekistonga kirish muhri)
  • JSHSHIR 
  • O‘zbekiston milliy aloqa operatorining mobil raqami (+998)
  • Norezident mijoz tomonidan qo‘lda to‘ldirilgan anketa
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
5.
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun qanday kartani tanlash maqsadga muvofiq?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:52
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun Visa yoki MasterCard kartalari eng maqbul tanlov hisoblanadi, chunki ular deyarli hamma joyda qabul qilinadi. Bu kartalar xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi va chet eldagi bankomatlarda naqd pul yechib olishga imkon yaratadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
6.
Kartani qanday himoya qilish mumkin?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:55
Kartani begonalarga bermang, PIN-kodni ma`lum qilmang va uni karta bilan birga saqlamang. Kartani qarovsiz qoldirmang va karta ma’lumotlarini telefon orqali hech kimga aytmang.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
7.
Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda, iloji boricha tezroq 1340 raqamli ishonch telefoni orqali bank bilan bog‘lanish, kartadan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun uni «Kapitalbank» ATB mobil ilovasi yordamida yoki eng yaqin filialga tashrif buyurish orqali bloklash zarur.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
8.
Bola uchun karta ochsa bo‘ladimi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Ha, 14 yoshdan boshlab bolalar uchun karta rasmiylashtirish mumkin, 14 yoshdan kichik bolalar uchun esa ota-onalar yoki vasiylarning roziligi talab qilinadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?

Mobil ilovani yuklash

Kapitalbank mobil ilovasini yuklab oling va kartani yetkazib berish orqali buyurtma qiling

Kartani bank filiallarida ham rasmiylashtirish mumkin

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech