Mastercard World Elite Metal Premial kartasi - bu yuqori sifatni afzal ko'radigan mijozlar uchun keng imtiyozlar to'plamidir.
Kapital Privilege xizmatlar paketiga nimalar kiradi?
Biz o'z mijozlarimizga eksklyuziv imkoniyatlar va yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishni ta'minlaydigan Kapital Privilege dasturini taklif qilishdan mamnunmiz. Sizga qulay bo'lishi uchun biz Bankning ko'plab filiallarida mavjud bo'lgan maxsus kabinetlardagi shaxsiy menejer xizmatini taqdim etamiz**. Bu barcha moliyaviy masalalarni xotirjam va ishonchli muhitda hal qilish imkonini beradi. Kapital Privilege mijozlariga filiallarning maxsus jihozlangan zonalarida ustuvor ravishda xizmatlar ko’rsatiladi. Shuningdek, biz mijozlarimizga valyuta ayirboshlashning eksklyuziv shartlarini taklif etamiz: Siz minimal xarajatlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishingiz mumkin. Kapital Privilege mijozlari Visa va Mastercard premium kartalarining barcha imtiyozlaridan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, Kapital Privilege dasturi mijozlari Bankning maxsus tadbirlari va aksiyalarida ishtirok etishlari mumkin. Sizning moliyaviy maqsadlaringiz sari qo'ygan har bir qadamingiz imkon qadar qulay bo'lishini ta'minlash uchun barchasini muhayyo qilamiz.
Batafsil ma'lumot olish va chinakam premium darajadagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan mijozlarning imtiyozli klubiga a'zo bo'lish uchun Kapital Privilegening xizmat ko’rsatish filalllariga murojaat qiling!
Kapital Privilege xizmatlar paketining narxi qancha?
Mijozning barcha hisobraqamlaridagi oylik o‘rtacha qoldiqlar 30 000 AQSH dollaridan kam bo’lmasa—bepul (qoldiqlar oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalentda hisoblanadi).
Mijozning barcha hisobraqamlaridagi oylik o‘rtacha qoldiqlar 30 000 AQSH dollaridan kam bo’lsa, oyiga 400 000 so‘m (qoldiqlar oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalentida hisoblanadi).
* Karta Kapital Privilege xizmatlar paketining bir qismi sifatida chiqariladi
**Kapital Privilege xizmat ko'rsatish filiallari
- OPERU: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy
- TSHF: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 86A
- Yashnobod: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 1/6
- MUF: Toshkent Shahri, Mirzo Ulug‘bek Tumaniy, Mirzo Ulug‘bek Ko‘chasi 52B
- Samarqand: Samarqand, Uzbekistanskaya ko‘chasi 116B