
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
RUB |
Mobil ilova |
147 |
159 |
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
USD |
Mobil ilova |
12065 |
12115 |
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
EUR |
Mobil ilova |
14030 |
14450 |
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
CHF |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
JPY |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
KZT |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
GBP |
Mobil ilova |
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli bugungi kunda mijozlar ko‘plab bank xizmatlaridan foydalanish, hamda o‘z vaqtlari va mablag‘larini tejash imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. "Kapitalbank" ATB mijozlari mobil ilova yordamida o‘z qarindoshlari va yaqinlariga tezda mablag‘larni o‘tkazishlari, telefon, internet, kredit va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Bugunda "Kapitalbank" ATB mijozlari quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:- Bank kreditlarini so‘ndirish;
- Xizmatlar - telefon, internet, uy-joy kommunal xizmatlari, kuryerlik orqali yetkazib berish, davlat xizmatlari va boshqalar uchun haq to‘lash;
- Temir yo‘l va aviachiptalar, mehmonxonalarni bron qilish uchun to‘lovni amalga oshirish;
- Pul mablag’larini xayriya ishlariga yo‘naltirish.
Kapitalbank.Online afzalliklari qatorida valyutalarning joriy kursini bilish va valyuta ayirboshlash shoxobchasidan ko‘ra qulayroq kurs bo‘yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatini ham ta’kidlab o’tish mumkin.
Eng ommabop xizmatlardan biri - pul o‘tkazmalari. Bundan tashqari, "Kapitalbank" ATB mijozlari o‘tkazmalarni nafaqat kartadan kartaga (P2P), balki Western Union, Visa Direct, Moneysend o‘tkazmalar xizmatlari orqali ham amalga oshirishlari mumkin.
Kapitalbank.Online orqali pul o‘tkazmalari - bu nafaqat qulay, balki foydali ham! Misol uchun, ayni vaqtda Kapitalbank.Online foydalanuvchilari uchun dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlaridagi barcha mijozlarga pul o‘tkazmalari komissiyasiga 50% chegirma amal qiladi. Aksiya 2026-yil 20-yanvargacha amal qiladi.
Shuningdek, "Kapitalbank" ATB mijozlari 6 ta eng ommabop yo‘nalishlar - Turkiya, AQSH, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Ukraina va Qirg‘izistonga imtiyozli shartlarda pul o‘tkazmalarini yuborishlari mumkin. Aksiya 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Ilovani PlayMarket va Appstore’dan yuklab olish mumkin. O‘sha yerda izohlar qoldirish ham mumkin. Android uchun 6.0 versiyasidan past bo'lmagan, iOS uchun - 13.0 dan past bo'lmagan versiya talab etiladi. Ilova o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud.
Tariflar bilan tanishish uchun ushbu havolaga o'ting: Jismoniy shaxslar uchun tariflar
Kapitalbank ilovasini havola orqali yuklab oling yoki QR-koddan foydalaning.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 1340
KAPITALBANK.Online mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
Bu KAPITALBANK.Online mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha oddiy bosqichma-bosqich yo‘riqnomadir. Ilovada muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun Sizga barqaror internetga ega mobil qurilma, o‘zbek operatorining faol telefon raqami, SMS kirishi imkoniyati, shuningdek, Kapitalbank bank kartasi kerak bo‘ladi.
- 1-qadam App Store / Google Play mobil ilovalar do‘konini oching va KAPITALBANK.Online ilovasini toping.
- 2-qadam O‘rnatgandan so‘ng, ilovani oching va o‘zingizga qulay tilni tanlang.
- 3-qadam Ilovaga kirish uchun +998 dan boshlanuvchi telefon raqamingizni kiriting.
- 4-qadam Endi siz ishonchli parol o‘ylab topishingiz va o‘rnatishingiz kerak. Ilova parol xavfsizlik talablariga javob berishi yoki bermasligini o‘zi aytib beradi.
- 5-qadam Parolni takrorlashingiz va ilovadan foydalanish shartlariga roziligingizni tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.
- 6-qadam Shundan so‘ng, ilova 6 xonali tasdiqlash kodi bilan SMS yuboradi. E’tibor bering, kod faqat bir daqiqa davomida amal qiladi.
- 7-qadam Sizning keyingi harakatingiz - ilovaga kirish uchun 4 xonali PIN-kodni o'ylab topishdir. Oddiy yoki boshqalarga ma’lum bo‘lgan raqamlar kombinatsiyalaridan foydalanmang.
- 8-qadam Yangi PIN-kodingizni takrorlang.
- 9-qadam Ilovaga tez va oson kirish uchun Siz Face-ID funksiyasini o'rnatishingiz mumkin.
- 10-qadam Ilovangiz to'laqonli ishlashi uchun endi MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o'tishingiz kerak.
- 11-qadam JShShIR yordamida identifikatsiya jarayonini yakunlang.
- 12-qadam Identifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tganingizdan so'ng, bir nechtagina qadam qoldi.
- 13-qadam Ilovaga Kapitalbank kartangizni qo'shamiz.
- 14-qadam Ilovaga kartani qo'shish uchun uning ma'lumotlarini kiriting. Siz o'zingizning kartangiz nomini o'zingiz o'ylab topishingiz va uni asosiy karta qilishingiz mumkin.
- 15-qadam Ilova kartani qo'shish jarayonini yakunlash uchun tasdiqlash kodi bilan SMS yuboradi.
- 16-qadam Agar hammasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, ilova Sizga bu haqda xabar beradi va karta ilovaga qo‘shilganidan so'ng bir soat o'tib undan foydalana olishingiz haqida ogohlantiradi. Bu O'zR MBning talablari shunday.
- 17-qadam Tabriklaymiz! Endilikda siz KAPITALBANK.Online ilovasining barcha qulay va xilma-xil funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga egasiz, biz mijozlarimizning qulayligi va xavfsizligi uchun uni takomillashtirishda davom etamiz.

