Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitob

Oylik to'lov :
... so`m
Kreditni to'lash haqida ma'lumot

Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring

Mahsulot turi - O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mikrokredit

Kreditning maqsadi - bank hamkorlariga tovarlar va/yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan tadbirkorlik ehtiyojlari uchun mikrokredit.

Mikrokredit muddati 24 oydan 48 oygacha

Foiz stavkasi: muddatli va muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha yillik 0 (nol) foiz*.
* Bankning foizli daromadi tuziladigan bitimlarga muvofiq bank sheriklari tomonidan to‘lanadigan bir martalik mukofot hisobiga ta’minlanadi. Mukofot miqdori tegishli bitimlar shartlari bilan belgilanadi va moliyalashtirish parametrlaridan, shu jumladan kredit muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda mukofot bank uchun yillik 24 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ichki daromadlilik stavkasining minimal ko‘rsatkichini ta’minlashi lozim.

Mikrokreditning maksimal miqdori - 300 000 000,00 so‘mgacha

Ajratish shakli – hamkor / avtosalon hisobvaragiga otkazish

Rasmiylashtirish usulibank ofisi

Taʼminotning mavjudligi va turi – mavjud (avtotransport vositasi + sugurta)

Imtiyoz davrining muddati – mavjud emas

Ta’minot - avtotransport vositasi garovi va sug‘urta polisi, bunda:

1.1 "Kapitalbankdan Avto Nasiya (birlamchi)" - Mikrokredit summasining kamida 53 foizi miqdorida avtotransport vositalari garovi quyidagi shartlarda taqdim etilishi kerak:
- Jismoniy shaxslarning ishlab chiqarilgan yili 2024-yildan kam bo‘lmagan, yurgan masofasi 100 (yuz) kilometrdan oshmaydigan, ichki yonuv dvigateliga ega avtotransport vositalarini kelishilgan bazaviy garov qiymati bo‘yicha quyidagi miqdorlarda garovga qo‘yish:
- yangi bo‘lmagan avtotransport vositalari garovga qo‘yilganda baholovchi kompaniya hisoboti bo‘yicha bozor qiymatining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
- transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod nomidan va/yoki uning topshirig‘iga ko‘ra qonuniy tijorat vakilligini amalga oshiruvchi rasmiy dilerlar va/yoki distribyutorlar bo‘lgan Bank* hamkorlaridan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan yangi avtotransport vositalarini garovga rasmiylashtirishda sotib olish qiymatining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
* Bank hamkorlari ro‘yxatini aniqlash va tasdiqlash "Kapitalbank" ATBning chakana kreditlash bo‘yicha kredit qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
1.2 Kredit summasining 120 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, kreditning butun muddatiga Bank foydasiga kreditni to‘lay olmaslik xatarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi.

2.1 "Kapitalbankdan Avto Nasiya (birlamchi - Elektro) " - Mikrokredit summasining kamida 45 foizi miqdorida avtotransport vositalari garovi quyidagi shartlarda taqdim etilishi kerak:
Jismoniy shaxslarning ishlab chiqarilgan yili 2024-yildan kam bo‘lmagan, yurgan masofasi 100 (yuz) kilometrdan oshmaydigan elektr dvigateliga (elektromobilga) ega avtotransport vositalarini kelishilgan bazaviy garov qiymati bo‘yicha quyidagi miqdorlarda garovga qo‘yish:
- yangi bo‘lmagan avtotransport vositalari garovga qo‘yilganda baholovchi kompaniya hisoboti bo‘yicha bozor qiymatining 60 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod nomidan va/yoki uning topshirig‘iga ko‘ra qonuniy tijorat vakilligini amalga oshiruvchi rasmiy dilerlar va/yoki distribyutorlar bo‘lgan Bank* hamkorlaridan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan yangi avtotransport vositalarini garovga rasmiylashtirishda sotib olish qiymatining 60 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
* Bank hamkorlari ro‘yxatini aniqlash va tasdiqlash "Kapitalbank" ATBning chakana kreditlash bo‘yicha kredit qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

2.2 Kredit summasining 120 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, kreditning butun muddatiga Bank foydasiga kreditni to‘lay olmaslik xatarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta polisi.

  • O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish;
  • Yosh bo‘yicha cheklov - kredit olish uchun ariza berilgan paytda 20 yoshdan 65 yoshgacha (shu jumladan 65 yoshgacha);
  • Qarz yukiga rioya qilish - kredit bo‘yicha oylik to‘lovlar (shu jumladan boshqa mavjud kreditlar) oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;
  • Bankning kredit siyosatiga ko‘ra salbiy kredit tarixi, Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) ma’lumotlar bazasida qarzdorlikning mavjud emasligi.
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID, yashash guvohnomasi)
  • Bank hamkoriga tovar yoki xizmat uchun to‘lov shartnomasi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech