Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring
Rahmat!
Tez orada siz bilan bog'lanishadi.
Kreditlar haqida ma'lumot olish
Mahsulot turi - O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun mikrokredit
Kreditning maqsadi - bank hamkorlariga tovarlar va/yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan tadbirkorlik ehtiyojlari uchun mikrokredit.
Mikrokredit muddati 18 oydan 36 oygacha
Foiz stavkasi: muddatli va muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha yillik 0 (nol) foiz*.
* Bankning foizli daromadi tuziladigan bitimlarga muvofiq bank sheriklari tomonidan to‘lanadigan bir martalik mukofot hisobiga ta’minlanadi. Mukofot miqdori tegishli bitimlar shartlari bilan belgilanadi va moliyalashtirish parametrlaridan, shu jumladan kredit muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shaxsiy ishtirok:
"Qulay nasiya" - tovarni sotib olish shartnomasida ko‘rsatilgan tovar qiymatining* kamida 30 foizi, ular o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar/shartnomalar doirasida Bank hamkori nomiga o‘tkaziladi;
Mikrokreditning maksimal miqdori
- 300 000 000,00 so‘mgacha
Ta’minot
Mikrokredit bo‘yicha ta’minot sifatida majburiy tartibda quyidagi ta’minot turlari rasmiylashtirilishi kerak:
1. Mikrokredit summasining kamida 44 foizi miqdorida quyidagi shartlarda avtotransport vositalari garovi taqdim etilishi kerak:
- Jismoniy shaxslarning ichki yonuv dvigatelli avtotransport vositalari, shuningdek, ishlab chiqarilgan yili 2025-yildan erta bo‘lmagan, 100 (yuz) kilometrdan ko‘p bo‘lmagan masofani bosib o‘tgan gibrid avtotransport vositalari kelishilgan bazaviy garov qiymati bo‘yicha quyidagi miqdorlarda garovga qo‘yiladi:
- yangi bo‘lmagan avtotransport vositalari garovga berilganda baholovchi kompaniya hisoboti bo‘yicha bozor qiymatining 70%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan yangi avtotransport vositalarini garovga rasmiylashtirishda, Bankning* hamkorlaridan, transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod nomidan va/yoki uning topshirig‘iga binoan qonuniy tijorat vakolatxonasini amalga oshiruvchi rasmiy dilerlar va/yoki distribyutorlardan sotib olingan avtotransport vositalarining xarid qiymatining 70 foizidan oshmasligi;
Bank bilan belgilangan tartibda garov shartnomasini tuzish va rasmiylashtirish:
kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan tovar garovga qo‘yilgan taqdirda - kredit berilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun mobaynida;
- aks holda - kredit berilgunga qadar.
* Bank hamkorlari ro‘yxatini aniqlash va tasdiqlash "Kapitalbank" ATBning chakana kreditlash bo‘yicha kredit qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Mikrokreditning butun muddati davomida mikrokredit summasining kamida 120 foizi miqdorida Bank foydasiga mikrokreditning qaytarilmaslik xavfini sug‘urtalash to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
- O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish;
- Yosh bo‘yicha cheklov - kredit olish uchun ariza berilgan paytda 20 yoshdan 65 yoshgacha (shu jumladan 65 yoshgacha);
- Qarz yukiga rioya qilish - kredit bo‘yicha oylik to‘lovlar (shu jumladan boshqa mavjud kreditlar) oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak;
- Bankning kredit siyosatiga ko‘ra salbiy kredit tarixi, Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) ma’lumotlar bazasida qarzdorlikning mavjud emasligi.
- O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID, yashash guvohnomasi)
- Bank hamkoriga tovar yoki xizmat uchun to‘lov shartnomasi
