Kreditni to'lash haqida ma'lumot
Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring
Rahmat!
Tez orada siz bilan bog'lanishadi.
Kreditlar haqida ma'lumot olish
Kredit summasi
Ariza topshirish usuli
Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, Bankning Kredit siyosati va Bankning kreditlash masalalari bo‘yicha boshqa ichki qoidalariga muvofiq, qarz yuki ko‘rsatkichi hamda qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichiga rioya etilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslarga hamda quyidagi toifalarga mos keladigan shaxslarga ajratiladi:
Muddati o‘tgan asosiy qarz bo‘yicha stavka
- 1 000 000 – 50 000 000 so‘m
- Yillik 27% (yigirma yetti foiz) – asosiy qarz bo‘yicha muddatli qarzdorlik uchun
- 3 (uch) oy;
- 6 (olti) oy;
- 12 (o‘n ikki) oy.
Ariza topshirish usuli
- Kapitalbank.Online mobil ilovasi orqali
- Kredit mablag‘larini mijozning ATB “Kapitalbank”da ochilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib berish orqali
- To‘lov usuli – annuitet to‘lov.
To‘lovlar davriyligi – asosiy qarz va hisoblangan foizlarni so‘ndirish har oyda, mikroqarz shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab birinchi oyning oxirgi kunidan e’tiboran, lekin kechikmaysiz har oyning 15-kunigacha amalga oshiriladi. Agar to‘lov sanasi bankning ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, so‘ndirish muddati keyingi bank ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda, agar kredit bo‘yicha oxirgi to‘lovni so‘ndirish sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, oxirgi to‘lovni so‘ndirish undan oldingi ish kuniga belgilanadi.
Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, Bankning Kredit siyosati va Bankning kreditlash masalalari bo‘yicha boshqa ichki qoidalariga muvofiq, qarz yuki ko‘rsatkichi hamda qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichiga rioya etilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslarga hamda quyidagi toifalarga mos keladigan shaxslarga ajratiladi:
- Bankka ariza topshirish vaqtida ATB “Kapitalbank” bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan Bank xodimlariga;
- ATB “Kapitalbank”da xizmat ko‘rsatiladigan hamda ATB “Kapitalbank”ning raqamli chakana kreditlash yo‘nalishi bo‘yicha ish haqi loyihalari doirasidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha tashkilotlarni saralab olish tartibi talablariga muvofiq saralashdan o‘tgan tashkilot bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan ATB “Kapitalbank” mijozlariga.Bankning Kredit siyosati talablariga muvofiq, salbiy kredit tarixining mavjud emasligi. Potensial qarz oluvchiga, ta’minotga va mikroqarz olish shartlariga qo‘yiladigan boshqa talablar Bankning Kredit siyosati, Bankning kreditlash sohasidagi boshqa ichki qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
- Mikroqarz shartnomasi summasining kamida 125% miqdorida:
(- 50% kredit qaytarilmasligi xavfini sug‘urta qilish polisi;
75% baxtsiz hodisa oqibatida Qarz oluvchining vafot etishi va mehnat qobiliyatini yo‘qotishi xavfini sug‘urta qilish polisi.)
Muddati o‘tgan asosiy qarz bo‘yicha stavka
- Yillik 40,5% (qirq butun o‘ndan besh foiz) – asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik uchun
Hozircha ma’lumot yo’q
Hozircha ma’lumot yo’q
Do`stingiz bilan ulashish:
Facebook
Twitter
Telegram
