P2P o’tkazmalari - kartadan kartaga tezkor o’tkazmalar
P2P o’tkazmalari nima?
P2P (peer-to-peer yoki person-to-person) - bu jismoniy shaxslar o’rtasidagi kartadan kartaga pul o’tkazmalari Bankning mobil ilovasi yordamida yaqinlaringizga tugmalarni bir necha marta bosish orqali pul yuboring.
P2P o’tkazmalarining afzalligi:
Tezkor - bir necha soniya ichida o’tkazish
Qulay - istalgan vaqtda yuborish. Bankka tashrif buyurmasdan
Oddiy - faqatgina qabul qiluvchining karta/ hisob raqami kerak
Xavfsiz - tasdiqlash bilan himoyalangan tranzaksiyalar
O’tkazmani qanday yuborish kerak?
- Mobil ilovani oching
- "To’lovlar" → "O’zbekiston bo’ylab o’tkazmalar" - buyruqlarini tanlang
- Mablag’ yubormoqchi bo’lgan kartangizni tanlang
- Qabul qiluvchining karta raqamini va summani kiriting
- O’tkazmani tasdiqlang
Ko’p beriladigan savollar:
- Mobil ilovada o’tkazma holatini qanday bilish mumkin?
O’tkazma holatini ilovaning "Tarix" bo’limida o’tkazmaning o’ziga kirgan holda ko’rish mumkin.
- Agar pul kelmasa nima qilish kerak?
Bank xodimlariga 1340 qisqa raqami orqali murojaat qilish va yuzaga kelgan xatolik haqida xabar berish kerak.
- P2P o’tkazmalarni bank bo’linmasida amalga oshirish mumkinmi?
Boshqa banklarning kartalariga o’tkazmalar faqat bankning mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Boshqa jismoniy shaxslarning "Kapitalbank" ATB kartalarini to’ldirish mumkin.
Mijozlar boshqa shaxsning kartasini bank bo’linmasida naqd pul yoki naqd pulsiz shakldagi mablag’ bilan to’ldirishlari mumkin.