Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Visa Direct – pul o‘tkazmalarini vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirishning tez va qulay usuli. U orqali jo‘natuvchi mablag‘larni darhol qabul qiluvchining kartasiga, hisob raqamiga yoki hamyoniga o‘tkazishi mumkin.

«Kapitalbank» ATBda Visa Direct orqali pul o‘tkazish – bu oddiy, oson va qulay. Siz Visa, Uzcard va HUMO Kapitalbank kartalaringizdan boshqa Visa kartalarga hech qanday to‘siqsiz pul o‘tkazishingiz mumkin. Bundan tashqari, sizga oflayn (bank bo‘linmalari orqali) hamda onlayn – Kapitalbank.Online mobil ilovasi orqali pul o‘tkazish imkoniyatlari mavjud.

Visa Direct afzalliklari:
  • Tezlik va qulaylik – pul o‘tkazmasi tezda amalga oshadi, tizim esa 24/7 rejimida ishlaydi. Bu oddiy tranzaksiyaga qaraganda ancha qulay – bank rekvizitlarini to‘ldirish shart emas, oluvchining karta yoki hisob raqami yetarli.
  • Xavfsizlik va samaradorlik – yechim butun dunyo bo‘ylab millionlab shoxobchalar va yuzlab mahalliy bozorlarni qamrab olgan Visa tizimining puxta ishlab chiqilgan infratuzilmasiga asoslangan.
  • Turli xil yechimlar – shaxslararo o‘tkazmalar, xalqaro pul o‘tkazmalari, mijozlarga, xodimlarga, frilanslarga to‘lovlar, sug‘urta qoplamalari. Bundan tashqari, Visa Direct boshqa tizimlarga ham integratsiya qilinishi mumkin.
SAVOL-JAVOB:
Visa Direct orqali pul o‘tkazishda limitlar mavjudmi?
Visa Direct orqali pul jo‘natishning kunlik limiti $7 500 ni tashkil etadi. Oylik limit esa $99 999 ga teng.

Visa Direct orqali pul o‘tkazmalarini qaysi mamlakatlarga jo‘natish mumkin?
Pul o‘tkazish mumkin bo‘lgan barcha mamlakatlar ro‘yxati «Kapitalbank.Online» ATB mobil ilovasida ko‘rsatilgan.

Visa Direct orqali pul o‘tkazish uchun komissiya miqdori qancha?
O‘tkazma uchun xizmat haqi 1% ni tashkil etadi, ammo $2 dan kam bo‘lmaydi.

Birinchi karta bo‘yicha Visa Direct orqali pul o‘tkazishning kunlik/oylik limiti oshib ketgan bo‘lsa, ikkinchi kartadan pul o‘tkazish mumkinmi?
Yo‘q, chunki bu limitlar kartaga bog‘liq emas.

Visa Direct orqali pul jo‘natish odatda qancha vaqt oladi?
Odatda Visa Direct orqali pul o‘tkazmalari tez amalga oshiriladi. Mablag‘ bir daqiqa ichida kelib tushadi.
Ba’zi hollarda Visa Direct orqali o‘tkazma quyidagicha vaqt olishi mumkin:
  • 24 soatgacha – bank tizimining ishlashi tufayli.
  • 2 bank kunigacha – bank jarayonlari va ish kuniga bog‘liq holda.
Visa Direct orqali qaysi kartalardan pul o‘tkazish mumkin?
UUshbu platforma AQSH dollarida (USD) Visa kartalari orasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Komissiya

Komissiya - 1% (lekin kamida 2 USD)

Tranzaksiyalar bo’yicha/kunlik

USD

UZS

Jo’natish

7.500

100 mln.

Olish - rezident

25.500

300 mln.

Olish - norezident

10.000

120 mln.


Oylik

USD

UZS

Jo’natish

99.999

1.2 mlrd.

Olish - rezident

99.999

1.2 mlrd.

Olish - norezident

10.000

120 mln.

Hozircha ma’lumot yo’q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech