Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring
Rahmat!
Tez orada siz bilan bog'lanishadi.
Kreditlar haqida ma'lumot olish
Kreditning maqsadi:
Tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr stantsiyalari, quyosh suv isitgichlari, shamol generatorlari, quvvati 1 MVt gacha bo'lgan mikro va kichik gidroelektrostantsiyalar, biogaz ishlab chiqarish uskunalari, biogaz qurilmalari, qayta tiklanadigan energiya manbalarining boshqa qurilmalari, energiya saqlash tizimlarini, maishiy energiya tejovchi gaz gorelkalari va qozonlarini sotib olish, yetkazib berish, o'rnatish va montaj qilish uchun.
Ta’minlash turi
1. BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) dan 50 baravar ko'p bo'lmagan miqdordagi kredit bo‘yicha – kredit bo‘yicha to'lovlarni amalga oshirmaslik xavfini sug'urtalash polisi.
2. BHM dan 50 baravar ortiq miqdorda olingan kredit bo‘yicha quyidagi ta’minlash turlaridan biri qabul qilinadi:
- Pul mablag'lari garovi;
- Avtotransport vositasi garovi, foydalanish muddati chiqarilgan yildan boshlab 3 yildan ortiq bo'lmagan;
- Ko'chmas mulk garovi.
Kredit oluvchi garov sifatida taqdim etilgan ko'chmas mulkni/avtotransport vositasini kredit shartnomasining butun muddatiga sug'urtalashi majburiydir.
Kredit oluvchi uchun eslatma
Qanday daromad bo'lishi kerak?
Oylik to'lov daromadning 50% dan oshmasligi kerak. Agar daromadingiz yetarli bo'lmasa, siz bilan birgalikda kredit oluvchilarni rasmiylashtirishingiz mumkin.
Kredit olish uchun arizani ko'rib chiqish muddati necha kun?
Kredit berish yoki rad etish to'g'risida ko'rib chiqish va javob berish bir necha ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Kredit qanday tarzda qaytariladi?
Qaytarish har oy, imtiyozli muddatsiz, annuitet usulida amalga oshiriladi.
Muhim! Kredit olish uchun siz ish bilan ta'minlangan va stabil daromadga ega bo'lishingiz kerak. Daromadlar to'g'risidagi hisobotni ish joyingizdagi buxgalteriya bo'limidan olish mumkin yoki bank sizning daromadingiz haqidagi ma'lumotlarni integratsiyalashgan manbalardan mustaqil ravishda olishi mumkin.
- O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lish
- Salbiy kredit tarixining yo'qligi
- Daromadning yetarliligi (qarzdorlik yuklamasi 50% dan oshmasligi kerak)
- So'nggi olti oy davomida doimiy daromad manbaiga ega bo'lish. Daromadlari yetarli bo'lmagan taqdirda qo`chimcha qarz oluvchilarga ruxsat etiladi
- pasportning asl nusxasi;
- tegishli shartnoma;
- doimiy daromadning mavjudligi;